calendar 10 May 13:30
eye 25
comments 0
comments Manba: postda.uz

TANQIDIY TAHLIL, QAT’IY TARTIB-INTIZOM VA SHAXSIY JAVOBGARLIK – BOSH MЕZON

image

Bugungi globallashuv jarayoni har bir insondan, u davlat xizmatchisi yoki oddiy odam bo‘ladimi, zamon talabiga javob berishi, bilim va malakasini uzluksiz oshi­rib borishini taqozo etmoqda. Huquq-tartibot idoralari, xususan, ichki ishlar organlari xodimlari uchun esa bu ikki karra muhim sanaladi. Negaki, ular doim xalq orasida bo‘ladi, turfa fe’l, turli kayfiyatdagi odamlar bilan muloqot qiladi. 

Davlatimiz rahbari boshchiligida ichki ishlar organlarida xodimlarni xalqqa yaqinlashtirish, el dardi va tashvishi bilan yashashga, xizmat qilishga qaratilgan tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon, birinchi navbatda, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash­ga qaratilgan. 

Tizimda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida jamoatchilik ta’siridan samarali foydalanishga qaratilgan bir qator amaliy chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Bunday ishlarni kelgusida yanada takomillashtirish, xizmat intizomini buzishga moyil bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan choralar qo‘llanilishida jamoatchilik ta’sirini keskin oshirish kerak. Bu borada zaruriy ishlar olib borilmoqda. 

Soha xodimi ma’naviyati yuksakligi bobida ko‘pchilikka namuna, ibrat bo‘lishini zamon talab qilmoqda. Davr har birimizdan o‘zimizni tinimsiz taftish qilish, o‘z ustimizda muntazam ishlash, faoliyatimizni to‘xtovsiz takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Shu bois xodimlardan muomala madaniyatiga rioya etish talab qilinadi. Shu o‘rinda xodimning ma’naviy qiyofasi ham muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlash joiz. Chunki xodimning ma’naviyati yuksak bo‘lsa, xalq orasida obro‘-e’tibor qozonadi, mansab pog‘onalaridan yuqori ko‘tariladi.

Biroq «Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi» deganlaridek, soha xodimlari orasida nopok, shaxsiy manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘yadigan, fuqarolar bilan qo‘pol munosabatda bo‘ladigan, Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksiga rioya qilmaydiganlar ham yo‘q emas. 

Ichki ishlar organlari xodimi bo‘lish, egniga xizmat libosini kiyish har kimga ham nisib qilavermaydi. Shu ma’noda xodim hech qachon davlat xizmatchisi ekanligini unutmasligi lozim. Xodimlar faoliyatining negizi esa adolat va halollikdir. Aynan adolat va halollik tantanasi soha vakillarini sharaflaydi va obro‘sini oshiradi. 

Muomala madaniyati eng avvalo xodimlarning ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Xush­muomala xodim deganda, o‘z kasbini ardoqlaydigan, vazifasini bekamu ko‘st bajaradigan, ma’naviy yetuk, odobli, bilimli, tajribali, o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘lagan, mamlakat hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati va maqsadini teran anglagan holda uning faol ishtirokchisi sifatida o‘zini namoyon etadigan xodim tushuniladi. Ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan yosh xodimlardan ushbu ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirishlari talab etiladi.

Hozirgi davrda ichki ishlar organlarining xodimi kundalik hayotda insoniy munosabatlarning eng murakkab jarayonlariga kirib boradi. Xalq manfaatlari va taqdirlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkir mojaroli vaziyatlarda hakamlik vazifasini ado etadi. Shuning uchun uning kasb madaniyati adolatparvarlik, halollik, mehribonlik kabi olijanob fazilatlarni o‘z ichiga oladi. Xodimlarning asosiy vazifasi jamiyatga yot, huquqga zid axloqsizlik, noma’qulchilik kabi illatlarning yo‘lini to‘sish, insonlarning huquqlarini, qadr-qimmatini, or-nomusini, davlat va jamiyatning manfaatlarini himoya qilishdir.

Afsuski, keyingi paytlarda xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, ularni haqorat qilish, ularning xatti-harakatlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish orqali shantaj qilish holatlari uchrab turibdi. Internetda osoyishtalik posbonlarini obro‘sizlantirish, noxolis axborotlarni bo‘rttirib ko‘rsatish holatlari kuzatilyapti.

Ko‘pgina hollarda qonun doirasida ish ko‘rayotgan ichki ishlar organi xodimining ustidan kulish, unga o‘z vazifasini ado etishiga to‘sqinlik qilish, kuch ishlatish shular jumlasidandir. Noxolis axborot tarqatayotganlar nega xizmat vazifasini bajarish paytida tinchlik uchun, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yo‘lida jarohat olib, nogiron bo‘lib qolgan yoki jon fido qilgan insonlar haqida gapirishni ep ko‘rishmaydi? Achinarli tomoni, bunday holatlardan xodimning o‘zi, yaqinlari, oila a’zolari moddiy va ma’naviy zarar ko‘rishi mumkin. Ular ham bir oilaning boquvchisi, kimningdir farzandi, kimningdir otasi yoki aka-ukasi. Bu kabi holatlar ichki ishlar organlariga nisbatan salbiy fikrlar shakllantirish va tizimda halol ishlayotgan minglab xodimlar mehnatini puchga chiqarish yo‘lidagi urinishlardir. 

Darhaqiqat, hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlikni qadrlash, uning shukronasini qilish har birimizning burchimiz. Shunday ekan, zimmamizdagi vazifalarni vijdonan bajarish, xizmat intizomi va qonuniylikka qat’iy rioya qilish, faoliyatimizni tanqidiy tahlil asosida qayta ko‘rib chiqishimiz davr talabidir. Zero, el-yurtga fidoyilik bilan xizmat qilish yaxshiliklarning gultoji hisoblanadi. 

Azizjon FAYZIYEV, 

podpolkovnik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 15:48
 
174
0
postda.uz

BUGUNGI DUNYONING GEOSIYOSIY MANZARASI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiXIX asr boshida boshlangan to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlari asosida shakllangan postindustrial modelning o‘z taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanishi kutilmagan oqibatlarga olib keldi. Ayniqsa, XXI asrga kelib, uning global modelga o‘tishi dunyodagi mavjud geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Bugunga kelib esa jahon arxitekturasining insoniyatni birlashtirishga qaratilgan yagona geosiyosiy modelini xavf ostida qoldirdi.Turli qarama-qarshi kuchlar v

11 Jul 15:13
 
42
0
xs.uz

Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari xitoy tiliga tarjima qilindi

Tadbirda mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari, Xitoy davlat matbuot muassasalari, nashriyot va bosma uylari vakillari, yetakchi adabiyotshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.Asar Xitoyda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan vatandosh Dildora Ismoilova tomonidan elchixona koʻmagida xitoy tiliga tarjima qilindi.Taqdimotda soʻzga chiqqanlar, Oʻzbekiston va Xitoy qadimiy Buyuk ipak yoʻlidagi koʻp asrlik tarix, boy madaniyat va noyob anʼanalarga ega mamlakatlar ekanligini taʼkid

11 Jul 15:13
 
32
0
xs.uz

Namanganda Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi

Namanganda XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari, Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana oʻn adadga ortgan. Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq poʻlatdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan.Ikkinchi aslaha

26 Jul 10:18
 
17
0
postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel