calendar 10 May 13:30
eye 60
comments 0
comments Manba: postda.uz

JUR'ATLI TALABA

image

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining II bosqich talabasi Mirzabek Elmurodov uyali aloqa vositasini bir daqiqaga so‘ragan erkakka telefonini uzatdi va o‘zganing suhbatiga quloq tutayotgandek ko‘rinmaslik uchun chetlandi. Erkak gaplashib bo‘lgach, o‘z yo‘lida davom etdi.

Mazkur voqeadan bir necha daqiqa o‘tar-o‘tmas Jizzax viloyati IIB xodimi Mirzabek bilan bog‘lanib, hozirgina uning telefonidan foydalangan odam qidiruvdagi shaxs ekanligi, ichki ishlar organi xodimlari yetib borgunga qadar uni kuzatishi kerakligini tushuntirdi. Mirzabek ikkilanmasdan rozi bo‘ldi. Ammo bu paytda erkak ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandi. Shu bois u notanish kishi ketgan ko‘cha tomon chopdi. 200 metr yurganidan so‘ng qidirayotgan odamini topdi va uning ortidan kuzatib, yarim kilometrcha yurdi. Ko‘p o‘tmay, ichki ishlar organi xodimlari gumonlanuvchini qo‘lga olishdi. 

M. Elmurodov tutishga yordamlashgan shaxs Zomin tumanining «Nebo‘sa» mahallasida yashovchi U.A. bo‘lib, shu yilning 19-aprel kuni Zarbdor tumanining «Oqbuloq» mahallasida istiqomat qiluvchi B.A.ni pichoqlab, voqea joyidan yashiringandi. Xodimlar gumonlanuvchini tutishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga kirishdilar. Qotillikda gumon qilinayotgan erkak lavhamiz qahramonining telefonidan foydalangan holda turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilgani aniqlandi. Bu esa jizzaxlik ichki ishlar organlari xodimlarining O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi bilan telefon orqali bog‘lanishiga sabab bo‘lgandi. 

Talabaning jur'ati har qancha tahsinga loyiq. 

U «Menga nima», deya qo‘l siltashi, befarqlik pardasi ortiga berkinishi mumkin edi. Demoqchi bo‘lganimiz, jinoyat sodir etgan shaxsni muayyan muddat kuzatib borish hamda uni qo‘lga olayotganlarga yordam ko‘rsatishga har kimning ham yuragi dov beravermaydi.

Qisqasi, jasur yigitni taqdirlashga qaror qilindi. Universitet o‘qituvchi va talabalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani «Apardi» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Mirzabek Elmurodovga esdalik qo‘l soati va 5 million so‘m pul mukofoti, shuningdek, uning ota-onasiga tashakkurnoma topshirildi. Xuddi shunday, gumonlanuvchini qo‘lga olgan Toshkent shahri Shayxontohur tumani IIOFMB 5-sonli IIBning 4 nafar xodimi esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

o‘z muxbirimiz.

Jizzax viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
150
0
xs.uz

Soʻmning dollarga nisbatan qadri oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 25,54 soʻmga tushdi va 12 831,81 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 66,36 soʻmga pasaydi va 14 606,45 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,30 soʻmga oshib, 163,75 soʻmni tashkil etdi.

17 May 21:47
 
39
0
xs.uz

Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST K

13 Jun 00:39
 
32
0
xs.uz

Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisidan fotoreportaj

Kengashning asosiy vazifalari muvaffaqiyatli tajriba va jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlari bo'yicha maslahat berish hamda O'zbekiston Hukumati bilan xorijiy investorlar o'rtasida ochiq muloqotni ta'minlashdan iborat.Davlatimiz rahbari majlisni ochar ekan, kuni kecha o'tgan to'rtinchi Toshkent investitsiya forumining samarali natijalarini qayd etdi hamda kengash a'zolariga Yangi O'zbekiston

31 May 08:50
 
44
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.