calendar 23 Apr 03:36
eye 60
comments 0
comments Manba: xs.uz

Namangan — Xitoy investitsiya forumi boshlandi

image
Taʼkidlash joizki, joriy yilning yanvarida davlatimiz rahbarining Xitoyga oliy darajadagi tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy-madaniy munosabatlarni yangi bosqichga koʻtardi. Oʻsha kunlari Namangan viloyati delegatsiyasi ham Pekin, Guandon, Shinjon, Urumchi shaharlaridagi kichik, oʻrta va yirik kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib borib, 3,2 milliard dollar miqdorida kelishuvlarga erishilgan edi. Joylarda imzolangan shartnomalar ijrosiga kirishilib, yangidan-yangi natijalarga erishilmoqda. Gullar shahrida boshlangan Namangan ' Xitoy xalqaro investitsiyaviy forumi bundan uch oy avval Xitoyda belgilab olingan vazifalarning uzviy davomiga aylanishi maqsad qilingan.

Bugun ertalab xalqaro forumga viloyat markazidagi 'Barkamol avlod' sport majmuasida tashkil etilgan 'Made in Namangan' milliy mahsulotlar koʻrgazmasi bilan start berildi. Unda yengil sanoat, charm poyabzal, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat va mebelsozlik sohasidagi 300 dan ortiq korxonalar 2500 dan koʻproq turdagi mahsulotlarini namoyish etishdi.

' Xitoyliklar bilan sarmoyaviy hamkorlik viloyatimizda metallurgiya sanoatining yoʻlga qoʻyilishida poydevor boʻldi, ' deydi Chust tumanidagi 'Tai Chahg special steel' MCHJ shaklidagi qoʻshma korxonasi savdo boʻlimi menejeri Nozimjon Isoqjonov. ' Birgalikda amalga oshirilgan 50 million AQSH dollari qiymatidagi yirik loyiha ijrosi bilan 'Namangan' erkin iqtisodiy zonasi hududida yiliga 300 ming tonna metallni qayta ishlash quvvatiga ega zamonaviy zavodni ishga tushirganimizga uch yildan oʻtdi. Ayni paytda bu yerda tayyorlanayotgan katanka sim, turli oʻlchamdagi armatura va yarim tayyor mahsulotlar ichki bozorni toʻldirishga xizmat qilmoqda. Yanvar oyida Xitoyda oʻtkazilgan tadbirlarda bir qator yangi mahsulotlar turlarini oʻzlashtirish boʻyicha kelishuvga erishgandik. Bugun boshlangan anjumandan ham umidimiz katta.

Forumda ishtirok etayotgan Xitoy kompaniyalari vakillari viloyatda yaratilgan biznes muhiti, tadbirkorlik subyektlari salohiyati bilan tanishib, koʻplab yoʻnalishlarda hamkorlik oʻrnatish taklifini bildirmoqdalar.

' Namanganda oʻz sohamiz boʻyicha birgalikdagi ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish niyatidamiz, ' deydi investorlardan biri, 'Xinhmachen Elektronics Co.LTD' rahbari Yang Gu Pi. ' Unda ishlab chiqariladigan elektronika vositalari ichki bozor ehtiyojini ayni mahsulotlar bilan toʻlaroq qondirishga yoʻnaltiriladi.

Namangan tumanidagi 'Nammotors' masʼuliyati cheklangan jamiyati, Yangi Namangan tumanidagi 'Kadeer parts indistry' xorijiy, Uychidagi 'Uychi chemikal' qoʻshma korxonasi va boshqa ishlab chiqarish subyektlarining mahsulotlari ham koʻrgazma ishtirokchilari eʼtiborini tortdi. Shu kuni oʻtkazilgan V2V formatidagi uchrashuvlarda qator oʻzaro manfaatli kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, viloyat tumanlari iqtisodiy va biznes imkoniyatlari bilan yaqindan tanishuvlarda ham yangidan-yangi takliflar oʻrtaga tashlandi.

Ikki kun davom etadigan anjuman dasturidan Namanganing iqtisodiy salohiyatini namoyish etuvchi, bundan tashqari madaniy va sayyohlik tadbirlari oʻrin olgan. Jumladan, ertaga Namangan shahridagi 'Maʼnaviyat va maʼrifat markazi'da asosiy uchrashuvlar tashkil etilib, erkin va kichik sanoat zonalari taqdimoti, viloyatda xitoylik hamkorlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtiriladi. Xitoy kompaniyalari vakillarining nutqi tinglanib, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi oʻtkaziladi. Dastlabki hisob-kitoblar, tayyorlab qoʻyilgan investitsiya paketlariga koʻra, jami 3 milliard AQSH dollaridan ziyod kelishuvlarga erishish kutilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA

Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda