calendar 23 Apr 03:36
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

«Oʻzbekgidroenergo» AJ: faoliyat sarhisobi va istiqbolli loyihalar

image
Prezidentimiz tashabbusi bilan bugun gidroenergetika tarmogʻida ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-yilgacha gidroelektrstansiyalarning umumiy quvvati sohada 1 836 MVtni tashkil etgan boʻlsa, 2017 ' 2023-yillarda amalga oshirilgan loyihalari natijasida qoʻshimcha 397 MVt yangi va modernizatsiya qilingan quvvatlar ishga tushirilib, umumiy quvvat 2233 MVtga yetkazildi. Bunda gidroelektr stansiyalar umumiy soni 60 tani tashkil etmoqda. Xususan, Jamiyat tarkibiga 14 ta yirik GES (30 MVtdan yuqori), 26 ta oʻrta GES (5-30 MVt), 6 ta kichik GES (0,5-5 MVt) hamda 14 ta mikroGES (0,5 MVtgacha) kiradi.

Bugungi kunda 'Oʻzbekgidroenergo' aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha korxonada aholi, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tunu kun ishlab chiqarish tashkil etilgan boʻlib, 2024-yil I chorakda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi 122 foizga ortigʻi bilan bajarilib, 1,4 milliard kVt/soatga yetkazildi hamda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga ' 1326 milliondan 1363 million kVt/soatga koʻpaydi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarishning eng katta oʻsish surʼati fevral oyida (+12,0 foiz) qayd etilgan boʻlsa, yanvar oyida oʻsish +7 foizni tashkil etdi. Natijada gidroenergetika obyektlarida ishlab chiqarilgan energiyasi respublikadagi jami energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi qariyb 8 foizni tashkil etdi.

Mamlakatimizda hisobot davrida yashil energiya ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi hududlar qatoriga Toshkent, Sirdaryo va Andijon, Xorazm viloyati va Toshkent shahri kirdi. Ushbu hududlarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 92,9 foizini Yagona energetika tizimiga uzatishdi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish hisobiga hisobot davrida shartli 368,4 million metr kub tabiiy gaz, 309,7 million kg. mazut va 1 135 million kg. koʻmir yoqilgʻisi iqtisod qilishga erishildi. Qolaversa, jamiyat va tizim korxonalari tomonidan I chorakda byudjetga 109 mlrd. soʻmlik toʻlov amalga oshirildi.

Jamiyatda ishchi-xodimlar turmush darajasi va sifatini doimiy oshirib borish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda olib borilayotgan islohotlar natijasida Jamiyat tasarrufidagi energiya korxonalarida faoliyat olib borayotgan ishlovchi xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi joriy yilning 1-aprel holatiga 9,1 mln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 155 foizga oshgan. I chorakda korxonalar boʻyicha oʻrtacha oylik hisoblangan ish haqining eng yuqori koʻrsatkichlari 'Toshkent GES'da (11,6 млн.), 'Samarqand GES'da (10,6 mln.) va 'Qamchiq GES'da (9,5 mln.) kuzatilgan.

Bundan tashqari, hisobot davrida mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida amaliy ishlar tashkil etilib, ishlab chiqarish xarajatlari 3,5 milliard soʻmga qisqartirilishiga erishildi. Shuningdek, energiya hosil qiluvchi korxonalari tomonidan 164 tonna metall parchalari topshirilib, reja koʻrsatkichi 125 foizga bajarildi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalar boʻyicha I chorakda davlat Investitsiya dasturiga muvofiq 8 ta loyiha doirasida 29,8 mln. dollar oʻzlashtirildi. Bunda, xorijiy kredit ' 11,5 mln. dollar va Jamiyat oʻz mablagʻlari ' 18,3 млн.долларни tashkil etdi.

Albatta, bundan koʻzlangan asosiy maqsad ' joriy yil yakuniga qadar jami quvvati 26 MVt, yillik ishlab chiqarishi 133 mln kVt soat boʻlgan 23 ta, shu jumladan, 19 ta mikroGES va 4 ta kinetik gidroagregatni foydalanishga topshirishdir. Buning natijasida Jamiyat tarkibida 2024-yil yakuni bilan jami quvvati 31 MVt boʻlgan 37 ta mikroGES tashkil etib, qoʻshimcha yillik 153 млн. кВт/соат elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Jamiyat tomonidan 'Gidroenergetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qaror loyihasida 2024 ' 2030-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha yangilangan Dastur tasdiqlanmoqda.

Unga muvofiq, 2030-yilga qadar 50 ta yangi GES qurish orqali gidroenergetikaning umumiy quvvatini 5 624,4 MVtga yetkazish, yaʼni 3 396,3 MVt qoʻshimcha quvvatlar yaratish, shu jumladan, 2024-yildan Jamiyat tomonidan rostlovchi quvvatlarni yaratish maqsadida respublikada birinchi bor quvvati 1 600 MVt gidrotoʻplashelektrostansiyalar (GTES) qurilishi loyihalarini boshlash, umumiy quvvati 1631 MVt boʻlgan 18 ta yirik va oʻrta quvvatli GESlar qurilishi, jami quvvati 28 MVt boʻlgan 28 ta mikro va kichik GESlar qurilishi, quvvati 550 MVt boʻlgan mavjud 15 ta GESni modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hisobiga Jamiyat tasarrufidagi GESlar tomonidan yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi 17 млрд. кВт/соатга yetkaziladi.

Umuman olganda, joriy hisobot davri Jamiyat faoliyat boshqa sohalari ham yuqori darajada tashkil etilib, reja koʻrsatkichlari toʻliq bajarilishi taʼminlandi.

Xususan, mahalliylashtirish borasida 2024-yilda 31,0 mlrd. soʻm mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan boʻlib, shundan, I chorakda 'Suvsanoatmash' AJ tomonidan 5 ta loyiha doirasida 4,5 mlrd. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja 110 foizga bajarildi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha I chorakda 36,4 млрд. сўм mahsulot ishlab chiqarilib, reja 103 foizga bajarildi. Jumladan, 'Suvsanoatmash' AJ ' 7,1 mlrd. soʻm (110 foiz) va 'Energoqurilishindustriya' MCHJ ' 30,4 mlrd. soʻm (101 foiz).

Importni qisqartirish maqsadida sanoat kooperatsiyasi kengaytirish boʻyicha 2024-yilda 260,0 mlrd. soʻmlik sanoat kooperatsiyasini amalga oshirish belgilangan. Shundan, I chorakda 26,0 mlrd. soʻmlik sanoat kooperatsiyasi doirasida xaridlar amalga oshirilib, reja 100 foizga bajarildi.

Shubhasiz, yuqoridagi kabi koʻrsatkichlarga, avvalambor, korxonalar mehnat jamoalari har bir aʼzosining mehnati, shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni barqarorligini hamda asosiy va yordamchi energoqurilmalarni ishonchli ishlashini taʼminlashga qaratilgan texnik va texnologik choralarning izchil amalga oshirilishi natijasida erishildi.

Shu oʻrinda bir jihat, gidroenergetika sohasida birinchi yarim yillik muhim palla boʻlib, yillik reja koʻrsatkichlari bajarilishi aynan birinchi yarim yillik koʻrsatkichlari bajarilishiga bevosita bogʻliqdir. Shu bois, II chorakda elektr energiyasi ishlab chiqarish, investitsiyalarni oʻzlashtirish va mikroGES loyihalarini foydalanishga topshirish, shuningdek, suv omborlari xavfsizligini taʼminlash doirasidagi chora-tadbirlarni oʻz muddatlarida bekamukoʻst amalga oshirish maqsad qilingan.

Xurshid Ravshanov,

'Oʻzbekgidroenergo' AJ Axborot-tahlil boʻlim boshligʻi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
12
0
xs.uz

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi

Oʻzbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati pensiya toʻlovlarini bank kartasida oluvchi fuqarolarning sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar oʻtkazib beriladi. Bu haqda pensiya jamgʻarmasi xabar qildi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistondagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda bayramni koʻtarinki ruhda kutib olishlarini taʼminlash maqsadida, pensiya toʻlovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqa

26 Jul 10:21
 
60
0
xs.uz

Olti nafar investor International mehmonxonasini sotib olishga qiziqish bildirdi

Mazkur xususiylashtirish jarayonlari Deloitte kompaniyasi tomonidan xususiylashtirish boʻyicha maslahatchi sifatida olib borilmoqda.Xususiylashtirish jarayonlarining mazkur aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi doirasida marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan, investitsiya tizerlari Deloitte xalqaro aloqalari orqali salohiyatli investorlarga yuborilib individual muloqotga kirishilgan.Natijada, 2024-yil 15-iyulga qadar dunyoning turli mamlakatlarid

11 Aug 03:44
 
31
0
xs.uz

Xorazmda gʻisht zavodi qariyb 4,8 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagani maʼlum boʻldi

Xorazm viloyatida gʻisht ishlab chiqarish zavodi 4 mlrd 786 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, energiya resurslari talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Gurlan tumanidagi gʻisht ishlab chiqarish zavodida yirik oʻgʻrilik holati fosh etilgan.Unga koʻra, Tumandagi 'X.Sh.' MChJ rahbari E.S. jamiyatga qarashli gʻisht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish

11 Aug 03:44
 
26
0
xs.uz

Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymati belgilandi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,98 soʻmga oshdi va 12 643,00 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 18,66 soʻmga koʻtarilib, 13 806,16 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,58 soʻmga pastlab, 143,33 soʻmni tashkil qildi.