calendar 23 Apr 03:35
eye 28
comments 0
comments Manba: xs.uz

Muftiy Janubiy Koreyadagi oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari bilan uchrashdi

image
Oʻzbekiston bilan Janubiy Koreya oʻrtasidagi chuqur tarixiy rishtalar, Sharq xalqlariga xos boʻlgan oʻxshash mentalitet, anʼanalar va maʼnaviy qadriyatlar oʻzaro chambarchas bogʻlab turadi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda ikki davlat rahbarlarining doʻstona aloqalari natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar alohida strategik sheriklik darajasiga koʻtarilib, har bir soha boʻyicha hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Jumladan, diniy-maʼrifiy hamkorlik yoʻnalishida samarali muloqot va aloqalar faol davom ettirilmoqda.

Ayni ezgu maqsadni koʻzlagan holda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar ushbu mamlakatda boʻldi. Dastavval muftiy Janubiy Koreya musulmonlari federatsiyasi prezidenti Xvang Byong Xa-Ahmad va Janubiy Koreya musulmonlari jamoati bosh imomi Li Ju Xva-Abdurahmon Li bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Samimiy muloqotda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlatlari oʻrtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani, Oʻzbekistondagi soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, diniy jabhadagi yangilanishlar, diniy idoralar oʻrtasida yaqin hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgani alohida qayd etildi. Shuningdek, marosim ishtirokchilariga Oʻzbekistonning ziyorat turizmi salohiyatiga bagʻishlangan videolavha namoyish etildi va jurnal, gazeta kabi tarqatma materiallar berildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Janubiy Koreya musulmonlari federatsiyasi oʻrtasida anglashuv Memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat asosida diniy sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, diniy taʼlim va imom-xatiblar tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish, yot gʻoyalarga birgalikda qarshi kurashish va hamkorlikda anjumanlar oʻtkazish koʻzda tutilgan. Shuningdek, Janubiy Koreyada mehnat migrantlari koʻp joylashgan hududlardagi jome masjidlarda oʻzbekistonlik imom-xatiblar ishtirokida muntazam maʼrifiy suhbatlar tashkil etish imkoniyatlari yaratiladi.

Safar davomida muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Janubiy Koreyada yashab, taʼlim olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan bir qator uchrashuvlar tashkil etdi. Ushbu mamlakat poytaxtidagi Seul markaziy jome masjidi va Kimxe shahridagi 'Al-Buxoriy' masjidida boʻlib oʻtgan muloqotlarda vatandoshlarimizga diyorimizda amalga oshirilayotgan diniy-maʼrifiy jabhadagi yangilanishlarni soʻzlash barobarida bugungi murakkab davrda turli tahdidlardan oʻzlarini himoya etishlari, oʻzga yurt qonun-qoidalariga amal qilishlari taʼkidlab oʻtildi. Suhbat asnosida vatandoshlarimizning murojaat va takliflari ham tinglanib, maʼrifiy adabiyotlar taqdim etildi.

Oʻz navbatida hamyurtlarimiz mana shunday eʼtibor va gʻamxoʻrliklarni amalga oshirishga tashabbus koʻrsatayotgan Prezidentimizdan cheksiz minnatdor ekanliklarini bildirdi. Shu bilan birga, mazkur fayzli suhbatlar Vatanni sogʻingan qalblarga taskin boʻlganini, ayniqsa, kelgusida ilm oʻrganib, tajriba hosil qilgach, albatta, yurtga qaytib, jonajon Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida xizmat qilishlarini taʼkidladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:32
 
19
0
qalampir.uz

Diqqat, kuchli shamol! FVB ogohlantirish bilan chiqdi

Toshkent shahar FVB bugun, 9 may kuni poytaxt hududida kuchli shamol bo‘lishi kutilayotganligi sababli aholidan kerakli xavfsizlik choralariga rioya qilishni maslahat berdi. Jumladan:    yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish; ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik; ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki musta

10 May 21:39
 
27
0
qalampir.uz

Endi o‘zbekistonliklar Koreyaga mavsumiy ishlarga yuboriladi

O‘zbekistonliklar Koreyaga mavsumiy ishlarga yuboriladi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.  Qayd etilishicha, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Koreya adliya vaziri Pak Son Je bilan uchrashuvda o‘zbekistonliklarning mavsumiy ishlarga jalb qilinishi haqida kelishuvga erishgan. Seulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, dastlab ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari xususida so‘z bordi. Mehnat munosabatlariga oid m

11 May 17:46
 
28
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda otasini tajovuzda ayblagan o‘smir qizlarning murojaati o‘rganildi  

Avvalroq Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan qiz onasi vafot etganidan so‘ng singlisi otasi tomonidan zulmga uchrayotgani haqida ma’lum qilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z munosabatini bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyati, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Qashqadaryo viloyati IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi vakillaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan M.Sh. va N.Sh. (qiz bolalar)larga nisbatan sodir etilga

11 Apr 14:00
 
47
0
xs.uz

Ramazon tuhfasi: Termizda yangi masjid ochildi

'Sulton Saodat' majmuasi hududida yangitdan barpo etilgan muhtasham jome masjidining yangi binosi ochildi.Marosimda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davron Maxsudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari, Toshkent Islom instituti rektori Muhamadolim Muhamadsidiqov hamda boshqa diniy ulamolar, vohalik moʻmin musulmonlar ishtirok etdi.Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, ruhiy poklanish oyi hisoblangan ushbu qutlugʻ kunlarda ulamolar, imom-xatiblar