calendar 23 Apr 03:35
eye 66
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistondagi diplomatik missiya vakillari Jizzaxda boʻlishdi

image
Said DONISHEV/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi huzuridagi diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi hamda Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi hamkorligida diplomatik korpus vakillari uchun Jizzax viloyatida ikki kunlik sayohat tashkil etildi.

Ushbu sayohatni tashkil etishdan maqsad ' Oʻzbekistondagi xorijiy davlatlarning diplomatik korpus vakillarini viloyat tarixi va bugungi zamonaviy koʻrinishi bilan yaqindan tanishtirish, ichki turizmni rivojlantirish va hududdagi turizm salohiyatini targʻib qilishdan iboratdir.

Dastlabki manzil Jizzax viloyatining maxsus iqtisodiyot hududida joylashgan 'Master Bilding Products' korxonasi boʻldi. Ushbu korxona faoliyati va ishlab chiqariladigan mahsulotlari hamda ularning xorijiy davlatlarga eksporti toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shundan soʻng mehmonlar 'ADM Jizzakh' korxonasida boʻlib, zavoddagi ishlab chiqarilayotgan 'Sherry', 'KIA', 'Havan' kabi avtomashinalar koʻrgazmasi va ishlab chiqarilishi jarayonlari bilan tanishdilar.

Mehmonlar taniqli jamoat va davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidovning faoliyati bilan tanishish maqsadida uning nomi bilan ataluvchi uy muzeyiga ham boʻldilar. Bu yerda Sharof Rashidovning hayoti haqida hikoya qiluvchi ekspozitsiyasi va saqlanayotgan qimmatli hujjatlar, shaxsiy buyumlari va boshqa eksponatlar diplomatik missiya vakillarida alohida taassurot qoldirdi.

Shundan soʻng, Jizzax viloyati turizm salohiyati va ekoturizm obyektlari bilan yaqindan tanishish boshlandi. Betakror tabiati, musaffo havosi bilan mashhur hudud ' Zominning zamonaviy turistik obyektlari ham mehmonlarni befarq qoldirmadi. Ayniqsa, 'Everest Plaza' mehmonxonasida sayyohlar uchun yaratib berilgan sharoitlar, zamonaviy osma dor yoʻli, bu yerdagi bolalar maydonchalari, sogʻlomlashtirish maskanlari barchada birdek qiziqish uygʻotdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
40
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga

17 May 21:46
 
452
0
xs.uz

Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev

Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani

13 May 14:37
 
141
0
xs.uz

Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari qachondan kuchga kiradi?

Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini baholashda yangi tizim joriy etildi. Hukumatning 2025-yil 6-maydagi 296-sonli qarori bilan 'Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisida'gi nizom tasdiqlandi.Unga koʻra, transport vositasini boshqarish paytida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik holatlari endi jarima ballari orqali baholanadi. Shuningdek, ballarni hisoblash, ular boʻyicha murojaat qilish va koʻrib chiqish tartibi aniq belgilandi.Nizomga asosan, jar

31 May 08:49
 
49
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na