calendar 11 Apr 14:01
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xavfli kasallikka qarshi global tavsiyalar eʼlon qilindi

image
Buyuk Britaniyaning nufuzli 'The Lancet' tibbiy jurnalida eʼlon qilingan hisobot ayni shu mavzuga bagʻishlandi. Undan bir guruh xalqaro tadqiqotchilarning tahlil va prognozlari bilan birga, prostata bezi saratoniga qarshi kurashish boʻyicha global tavsiyalar ham oʻrin olgan.

Hisobotda qayd etilishicha, yuqori xavf guruhiga mansub odamlar oʻrtasida erta skrining qamrovini kengaytirish ' eng samarali chora. Bunga erishish uchun ish va jamoat joylari, savdo markazlari hamda salomatlik yarmarkalarida koʻchma laboratoriyalar orqali ixtiyoriy tibbiy test topshirishni yoʻlga qoʻyish taklif qilinmoqda.

Bu yoʻl bilan saratonni erta bosqichda aniqlash barobarida, uni samarali davolashga erishish mumkin. Mazkur jarayonda asosiy eʼtibor yosh erkaklarga qaratilishi maqsadga muvofiq.

Chunki prostata bezi saratoni sekinlik bilan rivojlanib, yaqqol belgilari kech bosqichda namoyon boʻladi. Biroq keksalarda uni davolash ogʻir asoratlarni keltirib chiqarishi va hatto oʻlimga olib kelishi xavfi yuqori.

Shuningdek, hisobotda aholining xastalikka doir xabardorligini oshirish muhimligi keltirilgan. Bunda mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar va OAV imkoniyatlaridan keng foydalanish kutilgan natijalarni berishi, shubhasiz.

Bundan tashqari, kasallikka erta tashxis qoʻyish uchun diagnostika jarayoniga sunʼiy intellektni tatbiq etish ustida ishlash kerak. Qolaversa, past va oʻrta daromadli mamlakatlarda jarrohlar hamda radioterapiya uskunalari taqchilligini bartaraf etish eʼtibor markazida boʻlishi zarur.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 May 15:31
 
25
0
qalampir.uz

Afrika davlatlari mustamlakachilardan tovon puli talab qilmoqda

Afrika davlatlari uzoq yillar davomida mustaqillik, qashshoqlik va qullikdan mahrum bo‘lgan shafqatsiz ekspluatatsiya uchun sobiq mustamlakachilaridan badal to‘lashini  talab qilmoqda. Bu haqda "Anadolu" axborot agentligi xabar berdi. Ushbu mavzu San-Tome va Prinsipi Portugaliyadan tovon puli talab qilish niyatini e’lon qilganidan keyin yana dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ularning aytishicha, to‘rt asrdan ko‘proq vaqt davomida Yevropa davlatlari qullikka sotish uchun 12,5

11 Apr 13:56
 
53
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda toshqin boshlanganidan beri 86 ming kishi evakuatsiya qilindi

Qozog‘iston qutqaruvchilari mart oyi boshidan beri 86 ming fuqaroni suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qildi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. “Toshqin boshlanganidan buyon 86 mingdan ortiq odam qutqarilib, evakuatsiya qilindi. Jalq qilingan samolyot 2823 kishini qutqarib qoldi. Vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 8 ming 472 kishi bor. 81 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi hayvonlari xavfsiz joyga olib keti

10 May 21:10
 
35
0
qalampir.uz

Ramzan Qodirovning jiyani “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 27 yoshli jiyani Hamzat Qodirov “Jasorat” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda bugun, 10 may kuni Rossiya Davlat Dumasiga Chechenistondan saylangan deputat Adam Delimxonov ma’lum qildi.  Uning yozishicha, orden bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzolagan. Mukofot berilishining aniq sabablari noma’lum. Delimxonov o‘z postida Hamzat Qodirov Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining boshidan

12 May 13:33
 
18
0
qalampir.uz

Britaniya Ukrainaga rekord darajadagi harbiy yordam paketini uzatadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga urush boshlanganidan beri eng katta harbiy yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi kecha, 11 may kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, yordamning navbatdagi partiyasi to‘rt million o‘q-dori, 1600 dan ortiq zarba beruvchi va zenit-raketalar, shuningdek, 400 ta texnika, jumladan, 162 ta zirhli texnika va 78 ta yer usti texnikasidan iborat bo‘ladi. O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi Ukraina u