calendar 11 Apr 14:01
eye 46
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xotin-qizlar bandligini taʼminlash — pirovard maqsad

image
Birgina 'Qoʻshchinor' mahalla fuqarolar yigʻinidagi ushbu markazga mohir chevar Hilola Nodirova rahbarlik qilib, ishsiz xotin-qizlarga tikish-bichish sirlarini oʻrgatyapti.

' Markazimiz oʻtgan yilning iyun oyida tashkil etilgan. Mahalladagi hokim yordamchisi koʻmagida imtiyozli kredit asosida 4 ta tikuv mashinkasi olib, markaz faoliyatini yoʻlga qoʻydim. Ayni damda 15 nafar xotin-qizga tikish-bichish sirlarini oʻrgatyapman. Markazdan hunar oʻrganib chiqqan qizlar oʻzlari mustaqil faoliyat yuritishmoqda, ' deydi markaz rahbari Hilola Nodirova. ' Maqsadimiz kasanachilikni rivojlantirish orqali oila byudjeti daromadlarini oshirish, uy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va ish bilan band boʻlmagan xotin-qizlar sonini qisqartirish, mahallalarda ayollar bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlashdan iborat.

Markazda xotin-qizlar nafaqat hunar oʻrganishadi, balki salomatliklarini mustahkamlash maqsadida sport bilan ham shugʻullanishadi.

' Tumanda 41 ta shunday markaz ochilgan boʻlib, 37 tasi tikuvchilik, 2 ta qandolatchilik, yana 2 tasi esa fitnes klublarni tashkil qiladi, ' deydi Toyloq tuman hokimining oʻrinbosari Noila Qamariddinova. ' Markazlardagi tadbirkorlar qaror talablariga asosan 5-yil muddatga ijara shartlari asosida ish faoliyatini yuritib kelmoqda. Ular tomonidan bugungi kunga qadar 125 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, tashkil etilgan markazlarda stol tennisi, shaxmat va shashka doskalari hamda boshqa turdagi sport bilan shugʻullanishi uchun zarur qulayliklar yaratilgan.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV

('Xalq soʻzi').


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
7
0
postda.uz

Hushyorligi natijasida

Poytaxtimizning Yangihayot tumani “Chorbogʻ” mahallasida faoliyat yuritadigan profilaktika inspektori, leytenant Shohrux Amriddinov hushyorligi natijasida tungi paytdagi xizmati davomida bir jinoyatni “issiq izida” fosh etishga muvaffaq boʻldi. Yaʼni u shahrimizda davom etayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish “dolzarb” oylik munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbir chogʻida oʻziga biriktirilgan mahalla hududida joylashgan eski-tuski sotiladigan bozorcha hududida bir shaxs

10 Oct 10:40
 
15
0
xs.uz

Nochorlikdan tadbirkorga aylangan “zirapcha”

Said Donishev/'Xalq soʻzi'. Hayot yoʻli tekis emas. Oʻnqir-choʻnqirlari, pastu balandliklari baʼzan inson aqlini shoshirib qoʻyadi. Qahramonimiz Komila Joʻrayeva har safar farzandlarini qanday qiyinchiliklar bilan voyaga yetkazganini oʻylasa, bugungi dorilamon kunlari uchun behisob shukrona aytadi.Bolalikda uning ham orzulari koʻp edi. Oʻqituvchi boʻlishga havasi bor. Goho oʻzini oq xalatli shifokor tasavvur qilardi. Biroq hayot sinovlari barchasini oʻzgartirib yubordi. Oila... Farz

09 Oct 12:40
 
16
0
xs.uz

Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila

Oʻshanda suronli 1941-yilning kuzi edi. 10 yoshli Janna opasi Taisiya bilan yuzlab bolalar qatori qirgʻinbarot urush borayotgan Ukrainaning Izyum shahridan front ortiga, quyoshli Oʻzbekistonga joʻnatildi. Polyak millatiga mansub bu opa-singilni taqdir taqozosi bilan bir-biridan bexabar holda Buxorodagi ikki oila farzand qilib oldi.Janna oʻsha ogʻir kunlarni keyinchalik shunday eslagan edi: 'Poyezd uzoq yoʻl yurdi. Vagon tirqishidan samolyotlarning parvozi va dahshatli tovushi yuraklarga v

09 Oct 12:40
 
19
0
xs.uz

Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila

Oʻshanda suronli 1941-yilning kuzi edi. 10 yoshli Janna opasi Taisiya bilan yuzlab bolalar qatori qirgʻinbarot urush borayotgan Ukrainaning Izyum shahridan front ortiga, quyoshli Oʻzbekistonga joʻnatildi. Polyak millatiga mansub bu opa-singilni taqdir taqozosi bilan bir-biridan bexabar holda Buxorodagi ikki oila farzand qilib oldi.Janna oʻsha ogʻir kunlarni keyinchalik shunday eslagan edi: 'Poyezd uzoq yoʻl yurdi. Vagon tirqishidan samolyotlarning parvozi va dahshatli tovushi yuraklarga v