calendar 11 Apr 14:01
eye 48
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan ish beruvchilarga 500 ming soʻmdan har oylik subsidiya toʻlanadi

image
2024-yil 1-iyundan boshlab 'Xorijda ish' mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:

' xorijiy tillar va kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravarigacha;

' 'Ishchi viza'ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun BHMning 5 baravarigacha;

' Yoʻl chiptasi uchun BHMning 2 baravarigacha miqdorda kompensatsiya toʻlanadi.

2024-yil 1-sentyabrga qadar xorijda vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimizga yordam koʻrsatish uchun tunu kun ishlaydigan Call-markaz tashkil etiladi. Chet eldan chiquvchi abonentlar uchun qoʻngʻiroqlarni bepul amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

2024-2025-yillarda Buyuk Britaniyada (London), Germaniyada (Berlin), Turkiyada (Istanbul) va Saudiya Arabistonida (Ar-Riyod) Agentlikning vakolatxonlarini ochish rejalashtirilmoqda. Buyuk Britaniya, BAA, Vengriya, Germaniya, Latviya, Polsha hamda Yaponiya davlatlaridagi diplomatik va konsullik muassasalarida mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashe lavozimi kiritiladi.

2024-yil 1-iyuldan boshlab xususiy bandlik agentliklariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan shaxslarga chet elda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun haq undirishga ruxsat beriladi. Bunda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar tijorat banklarida ochilgan maxsus hisobvaraqda saqlanadi. Xususiy bandlik agentligi shartnoma majburiyatlarini toʻliq bajarganidan soʻng uning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

2024-yil 1-iyundan boshlab xorijda ishlab qaytgan shaxslarni ishga olgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming soʻmdan subsidiya toʻlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 21:39
 
87
0
xs.uz

Turizm sohasida oliy taʼlim toʻrt yillikdan uch yillikka oʻtkaziladi

Qayd etilishicha, shu yil 3-iyun kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishi hamda tadbirkorlar bilan muloqotda berilgan topshiriqlar va bildirilgan takliflar asosida soha rivojiga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.Xususan, xorijiy turistlarni yurtimizga jalb qilish uchun turizm tashkilotlarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 50 million dollar qiymatida alohida kredit liniyasi ochilmoqda. Bu kreditlar milliy valyutada

06 Jun 20:36
 
29
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Anqaradagi Prezident saroyida rasmiy kutib olindi (video)

Bugun, 6 iyun kuni Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Ikki davlat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarini

18 Jul 12:47
 
51
0
xs.uz

Sadir Japarov rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi

Bugun, 18-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldi.Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarilib, faxriy qorovul saf tortdi.Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada muzokaralar oʻtkaziladi, ularda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston ken

26 Jul 10:20
 
4
0
qalampir.uz

Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota xolasinikidan topildi

Andijonda farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota xolasining uyidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi fuqaro J.Yu. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi M.Yu. foydasiga bir nafar farzandi uchun har oyda aliment to‘lash belgilangan. Mazkur hujjat byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harak