calendar 11 Apr 14:01
eye 78
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalar yanada mustahkamlanadi

image
Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilovning Gruziya Parlamenti Raisi Shalva Papuashvili boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muloqot chogʻida delegatsiya aʼzolariga 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, uning doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarini roʻyobga chiqarish borasidagi saʼy-harakatlar hamda Qonunchilik palatasining tarkibiy tuzilishi, qonun ijodkorligi yoʻnalishidagi faoliyati, palataning qoʻmitalari, komissiyalari hamda deputatlarning asosiy vazifalari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston ' Gruziya oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va uni yangi mazmun bilan boyitish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Oʻz navbatida, Shalva Papuashvili soʻnggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan muvozanatli, ochiq va konstruktiv tashqi siyosat, keng koʻlamli islohotlar va ularning natijalarini alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, amaliy ruhdagi uchrashuvlarni izchil davom ettirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash ikki tomon manfaatlariga birdek xizmat qilishini qayd etdi.

Uchrashuvda, shuningdek, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik, transport-kommunikatsiya, toʻqimachilik, elektrotexnika, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar koʻlami tobora kengayib borayotgani xususida ham soʻz yuritildi.

Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
55
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu

12 Apr 21:15
 
22
0
xs.uz

Koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar dunyoqarashini haligacha oʻzgartirmagan — Prezident

Joriy yilda Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Kuvayt va Fransiyaga tashriflarda 39 milliard dollarlik 178 ta loyiha boʻyicha kelishuvlarga erishildi.Oʻtgan hafta Samarqandda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 milliard yevro ajratishini maʼlum qildi.Shularni hisobga olib, 2025-yilda:Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga 8 milliard 600 million dollar investitsiya'keldi.'Lekin koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar 'investitsiya oʻzi boʻlaveradi', degan fikr bilan yuri

16 Apr 15:12
 
24
0
xs.uz

Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi

Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us