calendar 11 Apr 14:00
eye 49
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qoʻshtepa tumanida 500 dan ziyod oilaga hayitlik tarqatildi

image
Botir Madiyorov/'Xalq soʻzi'. Qoʻshtepa tumanida 500 dan ziyod oilaga hayitlik ehsoni tarqatilib, ijtimoiy daftarlar roʻyxatida turuvchi kam taʼminlangan, bemor va boquvchisini yoʻqotgan oilalarga quvonch ulashildi.

Shu tariqa muborak kunlarda tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari masʼullari ishtirokida 51 ta MFY boʻyicha shakllantirilgan roʻyxat asosida ehtiyojmand oilalarga 12 turdagi kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

' Shu kunlarda yordamga muhtoj insonlarga mehr-muruvvat koʻrsatish xalqimizga xos eng ezgu fazilatlar sirasiga kiradi, ' deydi Qoʻshtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev. ' Shu bois duogoʻy nuroniylar, faollar oʻzaro kelishgan holda ana shunday yoʻqlov tadbirlarini tashkil etdik.

Tumanda oʻzaro mehr-oqibatni yuksaltirishga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda oʻtkazib borishga kelishib olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 21:39
 
87
0
xs.uz

Turizm sohasida oliy taʼlim toʻrt yillikdan uch yillikka oʻtkaziladi

Qayd etilishicha, shu yil 3-iyun kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishi hamda tadbirkorlar bilan muloqotda berilgan topshiriqlar va bildirilgan takliflar asosida soha rivojiga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.Xususan, xorijiy turistlarni yurtimizga jalb qilish uchun turizm tashkilotlarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 50 million dollar qiymatida alohida kredit liniyasi ochilmoqda. Bu kreditlar milliy valyutada

16 Jul 16:14
 
53
0
qalampir.uz

Bolaga maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda

Bugun, 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishida oilaviy (maishiy) zo‘ravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, amaldagi normada er-xotin

22 Jul 18:49
 
37
0
qalampir.uz

Bolasini muntazam kaltaklagan o‘gay ona jazolandi (video)

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bolasini muntazam kaltaklab, ruhiy zo‘ravonlik qilgan o‘gay ona jazolandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Bildirilishicha, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 13 yoshli S.R  ismli qizga o‘gay onasi tomonidan 2023 yil davomida muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilib kelingan. Shuningdek, ayol qizni kuchli qo‘rquv hosil qilish yo‘li orqali o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqiti

31 May 19:26
 
12
0
qalampir.uz

2023 yilda qaysi davlatlar O‘zbekistonga eng ko‘p gumanitar yordam yuborgan?

O‘zbekistonga 2023 yil yanvar-dekabr oylarida 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib kelgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hisobotida so‘z boradi. Gumanitar yordamning asosiy ulushi (83,63%) quyidagi beshta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi: Germaniya (71 mln 379,4 ming dollar yoki jami yordamning 36 foizi); Xitoy (27 mln 467,6 ming dollar, 13,9 foiz); AQSH (23 mln 234,2 ming dol