calendar 11 Apr 14:00
eye 45
comments 0
comments Manba: xs.uz

Nukusda fuqarolarni DXXga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlib 65 ming dollar olgan firibgar ushlandi

image
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanida yashovchi, 1983-y.t. K.J. aldov yoʻli bilan oʻzganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni Davlat xavfsizlik xizmati organlariga ishga kiritib qoʻyish evaziga 11 ming AQSH dollari talab qiladi. U soʻralgan pul mablagʻini Nukus shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan ulardan jami 65 ming AQSH dollari olganligi ham aniqlandi.

Taʼkidlash lozimki, K.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan 5 marotaba sudlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:35
 
27
0
xs.uz

Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 22-aprel kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 23-25html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayr

10 May 13:32
 
21
0
qalampir.uz

TIV Qozog‘istonga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Qozog‘iston Respublikasiga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga kirish va chiqishda fuqarolarga barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishni tavsiya qildi. Bu haqda TIV bayonoti e’lon qilindi. “O‘zbekiston-Qozog‘iston yoki Rossiya-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda nafaqat Qozog‘istonga, balki Rossiya Federatsiyasiga ham kirishda hech qanday to‘siqlar yo‘qligiga oldindan

10 May 13:32
 
22
0
qalampir.uz

Andijon davlat universitetidagi o‘g‘rilik bo‘yicha 42 mlrd so‘m davlat foydasiga undirildi

Andijon davlat universitetidagi o‘g‘rilik bo‘yicha davlat foydasiga 42 mlrd so‘m undirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov QALAMPIR.UZ’га ma’lum qildi. O‘tgan yilning oktyabr oyida Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd so‘m naqd pul talon-toroj qilingani aniqlangan edi. Bunda: 25,1 mlrd so‘m stipendiya ortiqcha hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan, 9,3 mlrd so‘m to‘lov-kontrakt summalari

11 May 16:17
 
15
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda 7 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi (video)

Joriy yilning 19 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida haydovchi 1 sinf o‘quvchisini urib yuborishi oqibatida bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Qayd etilishicha, haydovchi K.M. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasi bilan 4K-307 “Shahrisabz-Miraki” avtomobil yo‘lidan Miraki yo‘nalishi tomon harakatlanib borib, yo‘lning Shahrisabz shahar “Uychilik” MFY, Fusunkor ko‘chasidan o‘tuvchi 2 kilometriga k