calendar 10 May 13:32
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijon davlat universitetidagi o‘g‘rilik bo‘yicha 42 mlrd so‘m davlat foydasiga undirildi

image

Andijon davlat universitetidagi o‘g‘rilik bo‘yicha davlat foydasiga 42 mlrd so‘m undirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov QALAMPIR.UZ’га ma’lum qildi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd so‘m naqd pul talon-toroj qilingani aniqlangan edi. Bunda:

  • 25,1 mlrd so‘m stipendiya ortiqcha hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan,
  • 9,3 mlrd so‘m to‘lov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kiritilmagan;
  • 2,7 mlrd so‘m talabalar uchun ajratilgan rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;
  • 1,1 mlrd so‘m stipendiya 2 ming 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan ortiqcha hisoblanib, o‘zlashtirilgan;
  • 911,8 mln so‘m talabalar yotoqxonasi ijarasidan tushgan naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan edi.

Vazir Sharipovning ma’lum qilishicha, o‘tgan davr mobaynida talon-toroj qilingan mablag‘lar bo‘yicha tergov surishtiruvi o‘tkazilgan va 42 mlrd so‘m pul Davlat byudjetiga qaytarilgan. U mazkur ish bo‘yicha tergov yakunlanish arafasida ekanini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
8
0
xs.uz

Endilikda aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklaydigan hujjatlar yozilishidan oldin baholanadi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 'Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmoni qabul qilindi.Farmon 243 ta qonunchilik hujjatidagi oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, samaradorligi yuqori boʻlmagan va amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan hamda korrupsiyaviy xatarlarni kelitirib chiqarishi mumkin boʻlgan 350 ta norma va huquqiy boʻshliqlarni bekor qilishni nazarda tuta

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Tegishli malakaga ega bo‘lmay turib faoliyat yuritgan psixologlarga javobgarlik belgilanmoqda 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunlarda belgilangan cheklovlarga rioya etmagan holda psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlikni belgilovchi alohida modda bilan to‘ldirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi. Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Aholiga psixologik yo

19 Jul 23:23
 
67
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yarim yilda qancha fuqaro ozodlikdan mahrum qilingani ochiqlandi

Maʼlum qilinishicha, shu davrda 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.Sudlangan shaxslar soni 29 382 nafarni tashkil etib, shundan 10 287 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 18 579 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 516 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 26 028 nafari erkak, 3 354 nafari ayol, 11 145 nafari yoshlar (shu jumladan 1 068 nafari voyaga yetmagan) va 1 105 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.Shuningdek, 3 432 nafar shaxs ozodlikdan mahrum

26 Jul 10:21
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid