calendar 11 Apr 13:59
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bosh vazir Gruziya Parlamenti raisini qabul qildi

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Gruziya Parlamenti raisi Shalva Papuashvili boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun,  8 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Gruziya delegatsiyasi bilan o‘tkazgan uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar, ko‘p asrlik do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillari asosida jadal rivojlanib borayotgani, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlangan.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish zarurligiga e’tibor qaratilgan.

Bunda Hukumatlararo komissiya faoliyati muhim o‘rin tutishi, uning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini ikkala tomon uchun ham birdek manfaatli bo‘lgan loyihalar bilan boyitishga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur xalq hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
30
0
xs.uz

“Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumidagi 50 jildlik kitob-albomlar Britaniya muzeyiga topshirildi

Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tomonidan taqdim etilgan kitoblarni topshirish tadbiri Britaniya muzeyi direktori Mark Jons va xodimlar ishtirokida tantanali tarzda oʻtkazildi. Unda yigʻilganlarga mazkur kitob-albomning har bir jildi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.Qayd etilganidek, ushbu kitoblarning har biri xorijiy davlatlar kutubxonalari va muzeylarida yoki shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan Oʻzbekiston artefaktlariga ba

11 Apr 13:59
 
44
0
qalampir.uz

O‘zbekiston elchisi Ispaniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Ispaniyaga yangi tayinlangan elchisi Farrux Tursunov Madrid shahrida mamlakat Qiroli Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.  Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilingan. “Qirol Filipp VI O‘zbekistonda

11 Apr 14:00
 
43
0
xs.uz

Ramazon hayiti namozi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim koʻchalarda harakat vaqtincha toʻxtatiladi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Ramazon hayitining birinchi kuni 10-aprelga toʻgʻri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, 2024-yilning 10-aprel kuni poytaxtimizdagi 125 ta masjidda hayit namozi oʻqilishi kutilmoqda.Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli oʻtkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 10-aprel soat 00:00 dan 7.30 gacha poytaxtning quyidagi koʻchalari va yoʻllarda avtotransport vositalarining

23 Apr 03:36
 
34
0
xs.uz

Yoshlarni kasbga va chet tillariga oʻqitish tizimi takomillashtiriladi

Unga koʻra, Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazini (Markaz) tashkil etiladi.Professional taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarni kasb (mutaxassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi Xorijda ishlash istagi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlarini tashkil etish Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.Oʻquv kurslarini muvaff