calendar 11 Apr 13:59
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Namanganda inson buyragini 4 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi (video)

image

Namangan viloyatida inson buyragini 4 ming AQSH dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Aniqlanishicha, viloyatning Kosonsoy tumanida yashovchi shaxs Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro bilan gaplashib, uning bir buyragini sotib berishga kelishgan. Kelishuvga ko‘ra, ular Tojikistonga borishi va jarrohlik amaliyoti o‘sha yerda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan. U buyrak evaziga 4 ming AQsh dollari berishini aytgan.

Ushbu shaxs fuqaroni qalbaki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqa hujjatlar bilan Toshkentga olib kelayotgan vaqtida Namangan viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 133-prim 1 moddasi 1-qismi, 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
42
0
xs.uz

Yer olgan yoshlarga 100 mln soʻmgacha kredit ajratiladi

Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablagʻlar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7-yilgacha muddatga 100 mln soʻmgacha kredit ajratish;Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni 'mahalla yettiligi'ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar boʻladi.' talabgorlarga mini-texnika, urugʻ va koʻchat xaridiga 'Yoshlar daftari' jamgʻarmasidan 5 million soʻmdan subsidiya, Fermer, dehqon xoʻjali

11 Apr 13:59
 
51
0
qalampir.uz

Namanganda inson buyragini 4 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi (video)

Namangan viloyatida inson buyragini 4 ming AQSH dollariga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Aniqlanishicha, viloyatning Kosonsoy tumanida yashovchi shaxs Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro bilan gaplashib, uning bir buyragini sotib berishga kelishgan. Kelishuvga ko‘ra, ular Tojikistonga borishi va jarrohlik amaliyoti o‘sha yerda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan. U buyrak evaziga 4 ming AQsh dollari berishini aytgan. Ushbu sha

11 Apr 14:00
 
33
0
xs.uz

2024-yilning dastlabki 3 oyida “Tez yordam”ga qancha chaqiriq kelib tushdi?

Buni esa 2024-yilning dastlabki 3 oyi davomida '103' xizmatiga kelib tushgan chaqiriqlar sonidan ham bilish mumkin.' Joriy yil yanvar mart oylarida 'Tez yordam'ga mamlakatimiz boʻyicha jami 3 million 111 ming 148 ta murojaat qayd etildi, ' deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. ' Jumladan, bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, yaʼni 2 million 205 ming 296 tasi shoshilinch koʻrsatma bilan, shuningdek surunkali kasalliklar ' 812 ming 247 ta va tugʻuruqlar '

11 Apr 13:59
 
62
0
qalampir.uz

Dollarning rasmiy kursi yana biroz tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,65 so‘mga tushdi va 12 664,23 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 34,25 so‘mga oshib, 13 759,69 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham 0,51 so‘mga tushdi va 136,46 so‘mni tashkil etdi.