calendar 11 Apr 13:59
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev Kibersport arenasida yoshlar bilan uchrashdi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 aprel kuni Jizzax shahrida barpo etilgan Kibersport arenasida yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar beridi.

Bildirilishicha, davlat rahbarining 2022 yil 16 noyabrdagi qaroriga muvofiq, kibersport turlari ommalashtirilmoqda. Jumladan, Jizzax shahrida sobiq tennis korti binosi o‘rnida kibersport arenasi tashkil etilgan. 1 ming 200 tomoshabinga mo‘ljallangan asosiy zal zamonaviy holatga keltirilgan. Shuningdek, bu yerda 12 ta o‘quv va mashg‘ulot xonalari, majlislar zali, 35 o‘rinli yotoqxona hamda kafeteriy mavjud.

Arena universal bo‘lib, boks, kurash, basketbol, stol tennisi, shaxmat, shashka bo‘yicha xalqaro musobaqalarni, “Besh tashabbus” tadbirlarini o‘tkazish ham mumkin. Majmua tarkibidagi IT akademiyasida yoshlarga kompyuter savodxonligi, xorijiy tillar, grafik dizayn, dasturlash, robototexnika va boshqa yo‘nalishlar o‘qitiladi. Bu sohada mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” tizimini amalga oshirish rejalashtirilgan.  

Davlat rahbari bu yerda kiber sport, shaxmat, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, basketbol musobaqalarini kuzatdi, yoshlar bilan muloqot qildi.

“Bugun Jizzaxning ko‘p joylarida bo‘ldik, yangi loyihalarni boshladik. Albatta, viloyatning iqtisodiyoti, bunyodkorlik ko‘lami avvalgidan ancha yuqori. Lekin eng muhim yutuq - yoshlarimizning harakati, niyati, o‘ziga ishonchi. Biz belgilab olgan Strategiyani, katta marralarni shunday yoshlar bilan amalga oshiramiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Tashrif davomida mutasaddilar arena faoliyatiga doir rejalar xususida so‘zlab berdi. Xususan, jahon chempionatlarida ishtirok etish uchun turli darajadagi turnirlar g‘oliblari bilan do‘stlik musobaqalari o‘tkaziladi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularni professional sportga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga safari davomida Sharof Rashidov tumanidagi adir yonbag‘rida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rgan va tumandagi Tuyoqli mahallasida bo‘lib, aholi turmush sharoiti va daromadlari bilan qiziqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
61
0
xs.uz

Bu yil kichik va oʻrta biznes loyihalari infratuzilmasi uchun 1,5 trln soʻm ajratiladi

'Hokimlar yerlarni tanlashda, eng avvalo, kengayish istagida yurgan, loyihasi tayyor tadbirkorlar soʻragan joylarni auksionga chiqarishi zarur', dedi Prezident.Masalan, Yunusoboddagi 'Mingboyev robotiks' korxonasi nogironligi borlar uchun protez va ekzo-skeletlar yasab, 100 ga yaqin odamni faol ijtimoiy hayotga qaytargan. Tadbirkor faoliyatini kengaytirish uchun nogironligi boʻlgan odamlar bemalol kirib-chiqishi uchun qulay joy soʻragan.Bunday yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirk

14 Apr 06:18
 
49
0
xs.uz

14-aprel kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 24-26 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'v

23 Mar 16:43
 
54
0
xs.uz

Samarqand davlat universiteti dotsenti xalqaro loyihada qatnashmoqda

Samarqand davlat universiteti oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Shuhrat Valiyev Hindistonda oʻtkazilayotgan 'Barqaror ekotizimlar va jamiyatlar uchun tabiatga asoslangan yechimlar' nomli xalqaro loyihada ishtirok etmoqda.Mazkur loyiha BMT va Hindiston oʻrmon xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda 15 davlatdan 19 nafar olim qatnashmoqda. Ushbu nufuzli anjuman ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida dolzarb muammolarni hal etishga qaratilg

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh