calendar 11 Apr 13:59
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi 5 ming AQSH dollari pora olayotganda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berishni va’da qilgan. Evaziga u fuqarodan 5 ming AQSH dollarini so‘ragan ammo 8 aprel kuni soat 16:10 larda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘zi egallab turgan mansabni suiiste’mol qilgan holda, sudlangan shaxslarga nisbatan belgilangan jazo muddatini yengillashtirib berishni va’da qilgan advokatlar qo‘lga olingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
27
0
xs.uz

Dushanbeda qabul qilingan bitim Oʻzbekistonda ratifikatsiya qilinishi mumkin

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2023-yil 14-sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu bitimni tuzish tashabbusi 2022-yil 21-iyulda Choʻlpon-Otada oʻtkazilgan Markaziy Osiyo davlat r

14 Aug 06:37
 
18
0
xs.uz

Imtiyozli temiryoʻl chiptasini bekatga bormay sotib olish mumkin boʻladi – Qonun loyihasi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan temir yoʻl transporti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 'Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan muhokama qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.'Qonun loyihasi bilan, sogʻlom raqobat muhitini yaratish, sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, temir yoʻl transportini monopoliyadan c

28 Jul 10:44
 
99
0
qalampir.uz

Xorazmda ona 2 yashar qizini kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Shovot tumanida ayol eriga jahl qilib o‘z farzandini kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, holat kecha, 26 iyul kuni sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan B.K. ismli ayol shar’iy turmush o‘rtog‘i S.J. bilan tortishgan va unga jahl qilib, 2022 yilda tug‘ilgan qizini uxlab yotgan joyida haqoratlagan. Shundan so‘ng, ayol bolani urgan va tasvirga olib, videoni otasi S.J.g

19 Aug 07:03
 
19
0
xs.uz

Sirdaryoda 2 kg kannabis sotayotgan shaxs qoʻlga olindi

Sirdaryo viloyatida giyohvand modda sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 6-7-avgust kunlari Guliston shahri hududida oʻtkazilgan 'Nazorat ostidan olish' tezkor-qidiruv tadbiri davomida shu shaharda yashovchi shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga 2 000 000 soʻm pul evaziga polietilen qopga solingan, yashil rangli, oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi, nam holatdagi, nazorat oʻlchovidan oʻtkazilganda 2 kilogramm 755 gramm boʻ