calendar 15 May 17:41
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda ayiq otib o‘ldirildi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda aholi yashaydigan hududga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirilgani haqida xabar tarqaldi. Bunga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 15 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va unga jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, ayiq 74-sonli maktab hududiga ham kirgan.

“Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakati va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora ko‘rish talab qilingan va yirtqich otib o‘ldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda”, deyiladi munosabatda.

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
37
0
qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kart

14 Aug 06:37
 
17
0
xs.uz

Bosh prokurorning iltimosnomasiga binoan xorijiy davlat sudining qarorini tan olishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Mazkur qonun loyihasida Jinoyat-protsessual kodeksida xorijiy hamkorlikning bir qator tartiblari belgilanmoqda. Qayd etilishicha, endilikda xorijiy davlat sudining qarorini tan olish

19 Aug 07:03
 
22
0
xs.uz

Andijon shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

17 avgust kuni Andijon shahar hokimi Gʻofur Abdurahmonov bu haqda tegishli qarorni'imzolagan.Ma'lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev ta'lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta'limi boshqarmasini boshqargan. 2016'2019 yillarda Andijon shahriga hokimlik qilgan.

14 Aug 06:37
 
23
0
xs.uz

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalarining ijrosi tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida ayrim tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni toʻliq tushunib yetmayotgani'koʻrsatib oʻtildi.Asosiy masalaga oʻtishdan avval Prezident yil boshida yaratilgan aholini band qilish va tadbirkorlik