calendar 11 Apr 13:59
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ertaga Toshkentdagi ba’zi ko‘chalar yopiladi

image

Ertaga, 10 aprel kuni Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent shahridagi 125 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu sababdan poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar IIBB xabar berdi.

Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 10 aprel soat 00:00 dan 7:30 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi:

Mirzo Ulug‘bek tumani:

"To‘ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani:

“Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani:

“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY– Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.

"Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza –Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.

"Xo‘ja Alambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor - Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon - Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

“Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.

"Katta Qozirobod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha.

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

“Abdulloh ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha.

"Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

“Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.

“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

"Ali ibn Abu Tolib" masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi - Imom Buxoriy - Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon - Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

“Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

IIBB fuqarolarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda o‘tkazishga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni (10 aprel) respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko‘rsatishi belgilangandi. Shuningdek, ertaga, 10 aprel kuni Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni soat 04:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatishi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, bugun, 9 aprel kuni soat 17.00 dan ertaga, 10 aprel soat 17.00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda yuk avtomashinalarining harakatlanishi to‘liq cheklanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jun 19:21
 
33
0
qalampir.uz

Jizzaxda odam o‘limiga sababchi talaba jazodan ozod bo‘ldi

Jizzax viloyatida birovning o‘limiga sababchi bo‘lgan talaba yigit jazodan ozod qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, viloyatning Zomin tumanidan bo‘lgan, 2001 yilda tug‘ilgan X.U. ismli yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan Zarbdor tuman sudida jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sud ishida yigit sodir etgan jinoyat ishi ehtiyotsizlik oqibat

04 Jul 17:27
 
62
0
qalampir.uz

O‘qishni nodavlatdan OTMdan davlat oliygohiga qanday tekin ko‘chirish mumkin?

O‘qishni nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliygohiga ko‘chirib o‘tkazishda talaba o‘qigan fanlar va ko‘chirayotgan yo‘nalishidagi fanlar orasidagi farq 4 dan ortiq bo‘lmasa, talaba hech qanday to‘lovsiz, imtihon asosida o‘qishga qabul qilinadi. Bu haqda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish” to‘g‘risidagi qarorda so‘z boradi. Hujjatda qayd etilishicha, o‘qishni ko‘chiris

03 Jul 14:50
 
61
0
qalampir.uz

Toshkentdagi suv toshqini sabab ayrim hududlarda jamoat transporti vaqtincha cheklanadi

Bugun, 3 iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ko‘chada suv toshishi oqibatida jamoat transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ xabar berdi. Qayd etilishicha, 3 iyul kuni Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish va Moyqo‘rg‘on ko‘chalarida suv quvuri yorilib, toshganligi oqibatida mazkur ko‘chalardan harakatlanuvchi 6, 24 va 142-sonli avtobus yo‘nalishlarining qatnov va oraliq interval vaqtlari reja asosida tashkil eti

11 Jul 15:44
 
132
0
xs.uz

Namanganda suv tarmoqlari yangilanmoqda

' 'Mingterak', 'Oromgoh' va 'Axsikent' mahallalarida mehnat qilayotgan 'Adolat qurilish servis' masʼuliyati cheklangan jamiyati rejada belgilangan uzunlikdagi sigʻimi 500 millimetrli quvurlar montajini amalga oshirmoqda, ' deydi tuman hokimligi bosh mutaxassisi Muhammad Qurbonov. ' Bunda sifat va samaradorlikka erishish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi.Shuningdek, boshqa mahallalarda ham dastur loyihasidagi ishlarni joriy yilda yakuniga yetkazish koʻzda tutilgan. Bu bilan 'Oromgoh', 'G