Bugun, 3 iyul kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ko‘chada suv toshishi oqibatida jamoat transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3 iyul kuni Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish va Moyqo‘rg‘on ko‘chalarida suv quvuri yorilib, toshganligi oqibatida mazkur ko‘chalardan harakatlanuvchi 6, 24 va 142-sonli avtobus yo‘nalishlarining qatnov va oraliq interval vaqtlari reja asosida tashkil etilishida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida katta suv o‘tkazgich tarmog‘idagi nosozlik sabab ko‘chalarni suv bosgani haqda xabar berilgandi.