calendar 11 Apr 13:58
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mahmud Murodovning jangi bekor bo‘ldi

image

O‘zbekiston tarixidagi birinchi UFC jangchisi Mahmud Murodovning shu yil 4 may kuni Braziliyada UFC 301 turniri doirasida Mishel Pereyraga qarshi o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jangi bekor qilindi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Murodovda stafilakokk infeksiya borligi sababli uning bo‘lajak jangi bekor qilingan.

“20 kun ichida, ikkinchi marta, olib tashlash kerak bo‘lgan infeksiya aniqlandi va men jamoam bilan kelishgan holda jangni bekor qilishga qaror qildik”, deydi Murodov.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Mahmud Murodov shu vaqtga qadar UFCʼda 6 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alaba qozongan, 2 marta mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rgan. Murodovning 1 ta jangi esa o‘tkazilmagan, deb qayd etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 11:37
 
68
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda o‘tadigan futzal Jahon chempionatining o‘yinlar mundarijasi e’lon qilindi

Shu yilning 14 sentyabridan 6 oktyabriga qadar O‘zbekistonning 3 ta shahri Toshkent, Buxoro va Andijonda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining o‘yinlari o‘tkazilish vaqti belgilandi. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) o‘z rasmiy saytida xabar berdi.  Manbaga ko‘ra, deyarli barcha o‘yinlar mahalliy vaqt bilan 17:30 va 20:00 da start oladi. Musobaqaning dastlabki ikki kunidagi 2 ta o‘yin boshlanishi soat 15:00 ga belgilangan. Yarim finallar va fin

11 Jul 15:12
 
71
0
xs.uz

Germaniya 10-yil avvalgidek xavfsiz emas — Toni Kroos

Sobiq futbolchi Toni Kroos Germaniyaning immigratsiya siyosatidan xavotir bildirib, muhojirlar oqimini 'juda nazoratsiz' deb atadi. Oʻn yildan Madridda yashayotgan futbolchi Germaniyadan ketganidan keyin mamlakat sezilarli darajada oʻzgarganini aytdi.'The Telegraph' nashrining xabar berishicha, sportchi muhojirlarni kutib olishni qoʻllab-quvvatlasada, mamlakat bunchalik koʻp muhojirni boshqarishda qiynalganiga ishonishini bildirdi.Kroosning bunday yondashuvi Germaniyaning immigratsiya boʻyi

20 Jun 16:53
 
29
0
qalampir.uz

“Real” Karvaxalga ikki nafar o‘rinbosar topdi

Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Daniel Karvaxal 2024/2025 yilgi mavsum oxirida “qirollik klubi”ni tark etishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi. Manbaga ko‘ra, klub haligacha himoyachi bilan kelasi yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirgani yo‘q, shuning uchun Karvaxal bilan kelishuvga erishilmasa, ehtimoliy variantlar ko‘rib chiqiladi. Qayd etilishicha, rahbariyat marokashlik futbolchi, PSJ a’zosi Ashraf Hak

31 May 09:34
 
20
0
qalampir.uz

“Real” Luninni Londonga olib ketmoqchi emas

Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) finaliga ukrainalik darvozabon Andrey Luninsiz borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Madrid Universal” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, qirollik klubining bu qarori posbonning kasalligi bilan bog‘liq. 27 may kuni Luninning isitmasi borligi ma’lum bo‘ldi. Madrid klubi mutasaddilari ukrainalik kasalini boshqa o‘yinchilarga yuqtirishi mumkinligidan qo‘rqimoqda va shuning uchun klub uning jamoa bilan uchis