calendar 31 May 09:34
eye 38
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Real” Luninni Londonga olib ketmoqchi emas

image

Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) finaliga ukrainalik darvozabon Andrey Luninsiz borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Madrid Universal” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, qirollik klubining bu qarori posbonning kasalligi bilan bog‘liq. 27 may kuni Luninning isitmasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Madrid klubi mutasaddilari ukrainalik kasalini boshqa o‘yinchilarga yuqtirishi mumkinligidan qo‘rqimoqda va shuning uchun klub uning jamoa bilan uchishini istamayapti, biroq taxminlarga ko‘ra, Lunin 1 iyunga qadar to‘liq sog‘ayib, “Borussiya”ga qarshi finalda ishtirok eta oladi.

Ma’lumot uchun, YeCHL finali Toshkent vaqti bilan 2 iyunga o‘tar kechasi soat 00:00 da start oladi. Bahsga Londondagi “Uembli” stadioni mezbonlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni YeCHL finalida “Real” darvozasini Lunin emas, Kurtua qo‘riqlashi xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
61
0
qalampir.uz

Ispaniya Yevro-2024’da g‘olib bo‘ldi

15 iyulga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha Germaniya poytaxti Berlinda Yevropa chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Chempionlik bahsida Ispaniya terma jamoasi Angliya bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda gollarga Niko Uilyams, Koul Palmer va Mikel Oyarzabal mualliflik qildi. Shunday qilib, Ispaniya o‘z tarixida 4 marta qit’a birinchiligi g‘olibiga aylandi. Inglizlar esa musobaqa tarixida 2 marta finalda imkoniyatni boy berdi. Bungacha futbol vatani

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi IBAʼni tan olingan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tan olingan federatsiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda XOQ o‘z qarorida ma’lum qildi. Qaror XOQning Parijdagi sessiyasida qabul qilindi va u bir ovozdan qabul qilindi. XOQ va IBA muammolari 2019 yilda federatsiyaning oldingi rahbarligida boshqaruv, moliya va hakamlik bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelganida paydo bo‘lgan. 2020 yilda rossiyalik Umar Kremlev IBA rahbari bo‘ldi, ammo bu federatsiyaga X

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Raqibim penaltini qanaqa tepishini oldindan o‘rganmagandim – Abduvohid Ne’matov

Parij Olimpiadasining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvida penaltini qaytargan “oq bo‘rilar” posboni Abduvohid Ne’matov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  “Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘zbekistondan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman. Muxlislarning yordami bilan ajoyib atmosferada to‘p tepdik, biroq ozroq omad yetishmadi.

15 Jul 15:40
 
111
0
qalampir.uz

Amerika kubogining eng yaxshilari aniqlandi

Amerika Qo‘shma Shtatlari mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Amerika kubogining individual sovrinlari o‘z egalarini topdi.  Turnir davomida 1 ta gol va 6 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan Kolumbiya terma jamoasi yetakchisi Xames Rodriges turnirning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Finalda jamoasiga g‘alaba keltirgan va musobaqada 5 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines turnir to‘purari sifatida “Oltin b