calendar 11 Apr 13:58
eye 86
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Agent 007” jarimaga tortildi

image

O‘zining “Jentilmencha o‘g‘rilik”, “Arvoh jinoyatchilar”, “Ajnabiy” va “Jeyms Bond” kabi filmlari bilan tanilgan Pirs Brosnan AQSHdagi milliy bog‘ga ruxsatsiz kirgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “Thye Guardian” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, britaniyalik maxfiy agent Jeyms Bond rolini o‘ynagan beshinchi aktyor Pirs Brosnan o‘tgan yilning noyabr oyida AQSHning “Yellowstoun” milliy bog‘idagi taqiqlangan hududga kirganlikda ayblangan. Aniqlanishicha, 70 yoshli aktyor milliy bog‘ning “Mamont teraslari” deb nomlangan cheklangan hududida sayr qilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, Brosnan qilgan qonunbuzarligi uchun 500 dollar jarima to‘laydi va “Yellowstoun Forever” xayriya tashkilotiga 1000 dollar o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, “Yellowstoun” har yili millionlab sayyohlarni qabul qiladi va u yerda tashrif buyuruvchilarga belgilangan marshrutga rioya etish tavsiya etiladi. Taqiqlangan hududda mashinalar to‘xtashi cheklangan, shuningdek, ruxsatsiz kirganlarga qamoq jazosi va katta jarimalar tayinlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Janubiy Koreya sudi “Kalmar o‘yini” serialidagi 79 yoshli aktyor O Yon Suga yetti yil oldin sodir qilgan jinsiy zo‘ravonligi uchun shartli hukm chiqargan va jazoni ikki yilga kechiktirish sharti bilan sakkiz oylik qamoq jazosi tayinlagandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
216
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
741
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
606
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
53
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra