calendar 11 Apr 13:58
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bred Pitt bolalariga vasiylikdan voz kechdi

image

Gollivudning mashhur sobiq juftligi Anjelina Joli va Bred Pitt o‘rtasidagi sakkiz yildan beri davom etayotgan ajralish jarayoni va nihoyat o‘z yakuniga yetish arafasida. Bu haqda “PeopleTalk” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ularning rasman ajralishiga to‘sqinlik  qilib turgan muammo – bu farzandlariga vasiylik masalasi edi. Dastlab, Bredda bolalarni 50/50 ota-ona qaramog‘iga olish g‘oyasi mavjud edi. Kelishuvga ko‘ra, aktyor uch katta farzand – Maddoks, Paks va Zaxarani o‘zi bilan olib qolishi kerak edi. Ammo yillar davomida bolalarning Bred bilan munosabati yomonlashgan.

Shu paytgacha OAVning nazarida Bred bolalari bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lgan. Ammo, otalar kunida aktyorning o‘g‘li Pax Bredning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylagan va ostiga izoh qoldirgan.

"Siz o‘zingizni dahshatli va jirkanch odam ekanligingizni qayta-qayta isbotlaysiz. Sizning huzuringizda qo‘rquvdan titrayotgan to‘rtta kichik farzandingizga hech qanday e’tibor va hamdardlik bildirmaysiz. Siz oilamizga qilgan zulmlaringizni hech qachon tushunmaysiz, chunki bunga qodir emassiz”, deb yozgan uning o‘g‘li.

Sudning so‘nggi natijasiga ko‘ra, Pitt bolalarga vasiylik qilishdan voz kechgan. Bu degani, 48 yoshli Joli doimiy vasiylikka ega bo‘ladi, aktyor esa ulardan xabar olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Anjelina Joli va Bred Pitt “Janob Smit va Smit xonim” filmini suratga olish maydonchasida uchrashib, 2006 yilda o‘zlarining munosabatlari haqida e’lon qilgandi. Oradan sakkiz yil o‘tib, 2014 yilda ular turmush qurgan. Biroq, Gollivud yulduzlarining baxti uzoqqa cho‘zilmadi – 2016 yilda ular ajralishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 60 yoshli Bred Pitt sobiq rafiqasi Anjelina Joli bilan Fransiyadagi vino zavodi taqdiri bo‘yicha sud kurashining so‘nggi bosqichida g‘alaba qozongandi.

 Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:55
 
36
0
xs.uz

Barhayot satrlar

Yangi yil munojotiVaqtning chopqirligiga hayratim tugamasdir,Yilning oʻtishi goʻyo chaqnagan chaqmoq misol.Yil nadir, umr oʻzi aslida bir nafasdir,Eshikdan kirib shu on darchadan chiqmoq misol.Besh yuz yil yashar emish togʻ ahli bir qabila,Sabrni maslak bilib, qanoatni toat deb.Uy tiklamas emishlar birgina sabab ila,Shu ozgina umrga ranj chekmoq na hojat deb.Bu-ku bir afsonadir, aslida ahli olamOdamdek yashash istar shu besh kunlik dunyoda.Jahondan umid uzmas umri oʻtib borsa ham,Yoshi ulg

31 Jan 15:22
 
32
0
xs.uz

Ijodga oshno qalb

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand Davlat universitetida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻzining 70 yoshini qarshilagan, Oʻzbekiston va Belarus Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ismat Koʻchiyevning hayoti va adabiyotga bogʻlangan ijod yoʻli haqida gap bordi.Oʻzbekiston Respublikasi va bir qator xalqaro tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan Ismat Koʻchiyev, shuningdek, taniqli publitsist, yozuvchi va shoir, jamoat arbobidir.Dastlab tadbirda ishtirok et

27 Jan 00:55
 
43
0
xs.uz

“Tabassuming yodimda hamon...”

20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak

27 Jan 00:55
 
59
0
xs.uz

Taniqli aktrisa Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi

Shafoat Rahmatullayeva 1941-yil 4-yanvar kuni Fargʻona viloyatida tugʻilgan.'U koʻp yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan.Rahmatullayeva oʻzining yorqin va mazmunli rollari orqali tomoshabinlar qalbidan oʻrin olgan. Unga 1992-yilda 'Oʻzbekiston xalq artisti' unvoni berilgan.'Shafoat Rahmatullayeva teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbi