calendar 11 Apr 13:58
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Musiqani sun’iy intellektdan himoya qiling”. Amerikalik yulduzlar ochiq xat imzoladi

image

Kecha, 3 aprel kuni 200 dan ortiq amerikalik san’atkorlar sun’iy intellektni (AI) “inson ijodiga hujum"da ayblab, ochiq xat yubordi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, san’atkorlar sun’iy intellekt tez orada asl ijodkorlar ovozining raqamli nusxalarini yaratishi mumkinligidan xavotirda. Shu bois murojaat mualliflari elektron musiqa mualliflaridan asl ijodkorlar huquqlarini qadrsizlantirmaslik uchun kontent yaratishda neyron tarmoqlardan kamroq foydalanishni so‘ramoqda. 

“Yangi davrda ijodkorlar sun’iy idrok bilan raqobatlashishga majbur. Neyron tarmoqlardan bezbetlarcha foydalanish haqiqiy musiqachilar va muxlislarning qadrini toptaydi”, deydi San’atkorlar huquqlarini himoya qiluvchi alyans ijrochi direktori Jen Yakobsen o‘z bayonotida.

Ushbu maktubga Billi Aylish, Imagine Dragons, Nikki Minaj, Perl Jem, Keti Perri, Jonas Brothers, Julya Maykls, Rayan Tedder va boshqa aktyorlar, qo‘shiqchilar va musiqachilar imzo chekkan.

“Biz qo‘shiqchilar va musiqa mualliflari, shuningdek, quyida imzo chekkanlar sun’iy intellektni ishlab chiquvchi texnologiya kompaniyalari, platformalar va raqamli musiqa xizmatlarini asl ijodkorlarning huquqini buzish va qadrsizlantirish uchun neyron tarmoqdan foydalanishni to‘xtatishga chaqiramiz”, deyiladi maktubda.

Ma’lum bo‘lishicha, prodyuserlik kompaniyalarining ruxsatisiz ba’zi kompaniyalar san’atkorlarning ijodiy ishlarini o‘zlashtirib, sun’iy intellekt yordamida qayta ishlab, ommaga taqdim etgan. Ushbu sa’y-harakatlar bevosita original musiqaning tovush va tasvirlarini almashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu shou-biznes vakillarining daromad manbaiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, milliarder, filantrop va Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts sun’iy intellekt hech qachon odam bo‘lmasligi va u inson bajara oladigan barcha vazifalarni bajara olmasligini ma’lum qilgandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
44
0
postda.uz

БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ

Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да

20 Mar 12:50
 
12
0
postda.uz

СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ

Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
25
0
postda.uz

«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла