calendar 11 Apr 13:57
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini ko‘ra boshladi

image

Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini boshladi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“To‘rt kun avval Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini ko‘ra boshladi”, deydi u.

Durovning qayd etishicha, mutaxassislar ushbu faoliyatni bostirish uchun texnik va tashkiliy choralarni qo‘llagan.

Messenjer asoschisi bu tufayli teraktlarga chaqiruvchi xabarlarni yuborishga bo‘lgan o‘n minglab urinishlarni to‘xtatish mumkin bo‘lganini ta’kidladi. Qoidabuzarlarning Telegram akkauntlari bloklangan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya, Ukraina va Belarusdan kelgan barcha foydalanuvchilar aprel oyi boshidan shaxsiy xabarlar yuborishi mumkin bo‘lganlar doirasini cheklash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

"Telegram spam-xabarlar va zo‘ravonlikka chaqiriqlar uchun joy emas", deya xulosa qildi Durov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing