calendar 11 Apr 13:56
eye 29
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Muzokaralarda Rossiyaga ishonib bo‘lmaydi – NATO 

image

Tinchlik muzokaralari haqida gap ketganda, Rossiyaga "ishonib bo‘lmaydi". Bu haqda kecha, 9 aprel kuni NATO Bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joane Britaniyaning LBC radiostansiyasiga bergan eksklyuziv intervyusida so‘z ochdi.

"Agar ular (Rossiya rasmiylari) oxir-oqibat tinchlik haqida gapira boshlasa ham, bu tinchlik haqida emas, balki qayta qurollanish va keyinchalik yana hujum qilish uchun sulh haqida bo‘ladi", deb tushuntirdi u.

Joanening ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda NATO a’zolari mudofaani e’tiborsiz qoldirgani oqibatida mamlakatlar ehtimoliy urushga tayyor bo‘lmagan.

"Biz mudofaani e’tiborsiz qoldirdik, chunki biz tinchroq dunyoda yashayotganimizga ishonardik, hammamiz ishonardik. Hozir esa biz shafqatsizlarcha yangi voqelikka uyg‘onmoqdamiz", deydi u.

Joanening qo‘shimcha qilishicha, NATO ishtirokidagi xalqaro mojaroni e’lon qilishga "hech kim to‘liq tayyor emas". U Ukrainaning YeI va NATOga kirishini muqarrar deb atadi va bo‘lajak prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozongan taqdirda ham Qo‘shma Shtatlar alyans bilan hamkorlikni davom ettirishiga ishonch bildirdi.

Ma’lumot uchun, Moskva yaqinda bir necha bor tinchlik muzokaralariga ochiqligini ta’kidlagan. Lekin bu Moskvaning shartlariga ko‘ra, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaro boshlanganidan keyin bosib olingan hududlarni tan olishini o‘z ichiga olishi kerakligi bildirilgan. Ukraina esa Rossiya qo‘shinlarini so‘zsiz olib chiqib ketilishini, Moskva tovon to‘lashini va 1991 yilgi umume’tirof etilgan chegaralarga qaytishni talab qilmoqda.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarining so‘nggi bosqichi 2022 yil 29 mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Ular taxminan uch soat davom etdi. O‘sha yilning 4 oktyabrida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib borishi mumkin emasligi haqidagi qarori kuchga kirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
35
0
qalampir.uz

Agar Tehron hujum qilsa, Isroil Eronga zarba berishi aytildi

Eron tomoni hujum qilsa, Isroil Eronga zarba beradi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats X ijtimoiy tarmog‘ida Eron diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning akkauntini belgilagan holda ibroniy va fors tillarida post qoldirdi. "Agar Eron bizga o‘z hududidan hujum qilsa, biz javob beramiz va Eronga hujum qilamiz", deb yozgan u. Ma’lumot uchun, 1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havodan hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilob

11 May 18:05
 
33
0
qalampir.uz

Olmaotada Ozarbayjon va Armaniston muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan kecha, 10 may kuni ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Do‘stlik uyiga bordi. Bu haqda uchala davlatning TIVlari xabar berdi. “Mehmonlarni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Murat Nurtleu kutib oldi. Keyin vazirlar kutib olish marosimi uchun Davra zaliga yo‘l olishdi. Aynan shu zalda 1991 yilda MDH davlatlarining mustaqil rivojlanishi asoslari

11 Apr 13:56
 
49
0
qalampir.uz

Armaniston TIV rahbari Minskdagi MDH yig‘ilishiga bormaydi

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Minskda bo‘lib o‘tadigan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmaydi. Bu haqda Armaniston TIV matbuot kotibi Ani Badalyan ma’lum qildi. “Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan 12 aprel kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan MDHga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmaydi”, degan Badalyan “Armenpress” agentligi so‘roviga javoban.  Biro

11 Apr 13:56
 
34
0
qalampir.uz

Ispaniya Bosh vaziri dunyo hamjamiyatini Falastinni tan olishga chaqirdi

Ispaniya Falastin davlatini tan olishga tayyor, ammo xalqaro hamjamiyat Falastinning mavjudligini tan olmay turib, unga yordam bera olmaydi. Bu haqda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches parlament yig‘ilishida aytib o‘tdi. Sanches Madrid yozgacha Falastinni tan olishini aytdi va bunday qadam zarurligini ta’kidladi. Ispaniya Vazirlar Mahkamasi rahbari G‘azo sektorida “asrning eng ayanchli insonparvarlik fojialaridan biri” ro‘y berayotganiga e’tibor qaratdi. &ldquo