Ma’naviyat va ma’rifat darsi
U hukmdor sifatida Movarounnahrning har tomonlama rivojlanib, ilmiy va madaniy markazga aylanishiga katta e’tibor qaratdi. Matematika va astronomiya fanining eng yorqin vakillarini chaqirib, Samarqandda rasadxona qurishga farmon berdi.
Natijada 1424–1428-yillar oralig‘ida Samarqandning shimolidagi Obirahmat arig‘i bo‘yida dunyoga mashhur rasadxona bunyod etiladi. Uning qurilishida o‘z davrining mashhur olim va me’morlaridan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid, Muhammad Ali Qushchilar ishtirok etishadi.
Abdurazzoq Samarqandiy ushbu nodir obidaning ichki qismini quyidagicha tasvirlaydi: «Binoning ichki qismi jahonda tengi yo‘q rang-barang naqshlar bilan bezatilib, devor va shiftlarida osmon darajalari, daqiqalari, hatto soniyalarigacha hisoblanib, yetti sayyora hamda «harakatsiz» yulduzlar, shuningdek, yer kurrasi, yetti iqlim, tog‘-u sahrolar va daryo-yu dengizlar hamda ummonlargacha tasvirlangan».
Buyuk bobokalonimiz davlatni boshqarishda ham adolatning ustuvorligiga alohida e’tibor bergan. Bu yerda istiqomat qilayotgan xalqning doimo farovon hayot kechirishi to‘g‘risida bosh qotirib, dehqonchilik, savdo-sotiq va madaniy hayotning gullab yashnashiga oid maxsus farmonlar chiqargan. Xususan, Oqsaroyni qayta ta’mirlab, Movarounnahrda yer solig‘ini kamaytirgani buning yaqqol dalilidir.
Chakana savdoning rivojlanishi uchun 1428-yilda pul islohoti o‘tkazib, bir qator qulayliklar yaratdi. Bundan tashqari, 1417–1420-yillar Samarqandda, 1432-yil Buxoroda, 1432–1433-yillarda esa G‘ijduvonda madrasalar qurdirdi. Buxorodagi madrasa eshigining peshtoqiga «Ilm olishga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» degan hadisning bitilishi g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. Ushbu madrasada o‘qish muddati 8 yil etib belgilanib, undagi talabalarga oylik maosh va «ulfa» deb ataluvchi maxsus to‘lov amalga oshirilgan.
Ulug‘bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori sifatida xalqning azaliy orzusi sanalgan tinchlik, totuvlik, ilm-fan va madaniyatni taraqqiy toptirish yo‘lida ulkan shijoat va matonat ko‘rsatdi. Uning maktabiga mansub olimlarning aniqlagan ma’lumotlari ulardan bir necha asr oldin yashab o‘tgan buyuk allomalar erishgan natijalar bilan solishtirilganda, o‘ta aniqligi bilan ajralib turadi. Ekliptika og‘maligi, yulduz yilining hisobi, sayyoralarning yillik hisobini aniqlash kabi masalalar shular jumlasidandir.
Ulug‘bekning yulduzlar katalogi 1690-yili polyak olimi Yan Gaveliyning (1611–1687) «Astronomiya darakchisi» nomli asarida nashr etilgan. Bu asarda Mirzo Ulug‘bek besh astronom Ptolemey, Tixo Brage, Jovanni Richcholi, Vilgelm IV va Yan Gaveliy davrasida to‘garak stoli atrofida astronomiya ma’budasi Uraniyaning o‘ng tomonida o‘tirganligi tasvirlangan.
Uning o‘rindig‘i orqasidagi «O‘z ishimni munosib avlodlarimga qoldirdim» degan so‘zlarga guvoh bo‘lish mumkin.
Mirzo Ulug‘bek «Ziji»ning Yevropadagi ilk nashri Oksford universiteti professori Jon Grivs tomonidan amalga oshirilgan. U mazkur asarga sharh yozib, uning bir qismini 1648-yilda chop etadi. Gurjiston podshosi Vaxtand VI esa ushbu asarni 1724-yilda fors tilidan gruzinchaga tarjima qildiradi. Grinvich observatoriyasining birinchi direktori J. Flemstid ham 1725-yilda o‘zining «Osmon tarixi» nomli kitobida uni chop etadi.
Peterburg akademiyasining birinchi akademik-astronomi Jozef Nikola Delil o‘z faoliyatining ilk kunlaridan boshlab, «Ziji Ko‘ragoniy»ni lotin tiliga tarjima qilib, 1739-yilning 25-iyunida mazkur akademiyada fransuz tilida ma’ruza so‘zlagan. Italiyalik astronom Jovanni Richchioli 1651-yilda oydagi kraterlarni qadimda yashab o‘tgan buyuk allomalarning nomi bilan atashni taklif qilib, ulardan birini Mirzo Ulug‘bek deb ataydi. Shuningdek, quyosh tizimining 1977-yilda ochilgan 2439 raqamli kichik sayyorasiga ham Ulug‘bek nomi berilgan.
Dunyoning boshqa davlatlari qatori, Hindistonda ham Ulug‘bekning ilmiy merosiga katta qiziqish bilan qaralganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, Boburiy Muhammadshohning farmoyishi bilan XVIII asrning birinchi yarmida astronom Savay Jay Sinx tomonidan Jaypur, Banoras va Dehlida rasadxona barpo etilib, unga Samarqanddagi astronomiya maktabi uskunalaridan andaza olishgan.
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand astronomiya maktabining olamshumul yutuqlari Xitoy astronomiyasining rivojlanishiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Iyezuit monax, olim Antuan Gobil (1689–1759) Xitoy astronomiyasi haqida: «Bu sohada Xitoylar nimani bilgan bo‘lsa, ularning barchasi g‘arbdan Samarqand tomonidan kelgan» deya ta’kidlagan edi.
Xitoy orqali Samarqand astronomiya maktabining yutuqlari Koreyada ham tarqalgan bo‘lib, 1432-yilda mazkur davlat qiroli Yi Do Xitoy orqali Samarqand astronomiya maktabi bilan tanishadi. Shu tufayli Ulug‘bek maktabining an’analari Koreyada ham rivojlanadi. Ali Qushchi 1470-yili Istanbulga boradi va u yerda ham Ulug‘bek ilmiy maktabining natijalarini keng ommaga targ‘ib qiladi.
Mirzo Ulug‘bek «Ziji», eng avvalo, musulmon mamlakatlarida astronomiya fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. «Ziji Ko‘ragoniy» asariga eng mukammal sharh eronlik munajjim va riyoziyot olimi Nizomiddin Birjandiy tomonidan 1523-yilda yozilgan «Sharhi Ziji Ulug‘bek»dir. Qohiralik munajjim Muhammad Al-Misriy (XVI asr) Mirzo Ulug‘bek «Ziji»ni osonlashtirish uchun «Tashil Ziji Ulug‘bek» nomli asar yozadi va uning jadvallarini Qohira kengliklariga moslashtiradi.
Shu o‘rinda keltirib o‘tish joizki, Ulug‘bek «Ziji Ko‘ragoniy»dan tashqari, matematika faniga bag‘ishlangan «Risolai Ulug‘bek» hamda tarix sohasiga bag‘ishlangan «Tarixi arba’ ulus» («To‘rt ulus tarixi») asarining muallifidir. Shuningdek, u she’rlar ham ijod qilib barchaga namuna bo‘lgan.
Istiqlol yillarida Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib, Samarqand, Buxoro, G‘ijduvon kabi tarixiy shaharlarimizda uning nomi bilan bog‘liq me’moriy obida va qadamjolar obod qilindi. O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va boshqa bir qator ta’lim muassasalariga uning nomi berildi. Shuningdek, xalqaro ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida joylashgan kuzatuv kenglik stansiyasi hamda Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti ham Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataladi. Poytaxtimizning yirik Mirzo Ulug‘bek tumanida ham uning haykali o‘rnatildi. Mamlakatimiz va Parijdagi YUNESKO qarorgohida 1994-yili Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi katta tantanalar bilan nishonlandi. Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 2009-yilni «Astronomiya yili» deb e’lon qilinishi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 615-yilligini Samarqand va Parij shaharlarida yuqori darajada o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi.
Muxtasar qilib aytganda, millatimiz faxr-iftixoriga aylangan bobokalonimizning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish avlodlar zimmasidagi zalvorli vazifadir.
Mixli SAFAROV,
o‘z muxbirimiz.
Navoiydan bahra olgan Gʻarb
Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri