calendar 11 Apr 13:55
eye 76
comments 0
comments Manba: postda.uz

Iskandarning bo‘sh ketgan qo‘li

image

Hamma iqlimlarni qo‘lga kiritgan shoh Iskandar jahon mamlakatining taxtiga ega bo‘ldi. U borib olmagan biron yer qolmadi. Biron yer qolmadiki, u bormagan bo‘lsin. Dunyodagi hamma yer va suv uning hukmiga o‘tib, xo‘lu quruq buyrug‘ining qavzasiga tushdi.

Osmonning ko‘k gumbazi ustida xutba o‘qib, adolat tamg‘alarini (oltin, kumushga emas), yulduzlarga urdi. Shohlar o‘z ixtiyorlari bilan unga qul bo‘lishdi; unga qul bo‘lish bilan ular faxrlandilar.

U ham shoh edi, ham valiy. Uning tabiati esa donishmandlik bilan rostlangan edi. Uning asl zotida Jamshidlik odatlari bor edi. Oddiy ko‘zgu unga jahonni ko‘rsatadigan jom bo‘lib xizmat qilardi. Yetti qavat osmon hukmronligi unga muyassar, yetti iqlim unga bo‘ysungan edi. Shunday yuksak martabali baxtiyor podshoh bu o‘tkinchi dunyodan qilich ko‘tarmoqchi bo‘lib qolganda qiziq bir ojizlik va bechoralik xolatini boshidan kechirdi. Oldida qiziq bir ovoralik yuz berdi. Unga na hakimlari yordam qila oldi; na xizmatkorlari, na qullari uning farmonini bajara oldi. Ular barchasi bu yashil bog‘da qolib, u bir o‘zi qora tuprog‘ning ichiga yo‘l oldi. Bunday halokat uning ichini o‘rtagach, shunday so‘zlar bilan u ichini bo‘shatdi.

– Shu nafasda men pastga qarab borayapman; shohlik nog‘orasi safarga chorlamoqda. Kim o‘z or-nomus shartini saqlamoqchi bo‘lsa, mening unga shunday vasiyatim bor: vaqtiki pok bo‘ston qushi men tomon uchib kelib, poklik ayvoniga borishimni eslatgan chog‘da, oh tortib, olamni qorong‘i qilib, tobutdan menga uxlash uchun joy hozirlab, yo‘limni qabr tomon boshlar ekansizlar, bir qo‘limni tobutning yonidan chiqarib qo‘yinglar. Kishilar tobutga nazar solar ekanlar, ibrat yuzasidan shu qo‘lga qarasinlar. Bilsinlarkim, yetti o‘lka podshosi, yetti osmon mushkullaridan xabardor odam, endi jismida jon yo‘q, bu makondan, bu jahondan bo‘sh qo‘l bilan ketmoqda. Kimki jahon mamlakatini havas qilsa, ushbu qo‘l unga yetarli tajribadir.


Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonidan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
213
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
738
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
606
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
52
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra