calendar 11 Apr 13:55
eye 48
comments 0
comments Manba: postda.uz

DAVLAT DASTURI – MAMLAKAT TARAQQIYOTI KAFOLATI

image

O‘z kelajagini farovon, tinch ko‘rishni xohlaydigan har bir shaxs o‘z istiqbolini oldindan rejalashtiradi, buning uchun tegishli ustuvorliklar, maqsad va vazifalarni belgilab oladi. Bugun kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan har qanday davlat ham fuqarolarining munosib hayot kechirishini ta’minlash uchun ularning farovonligini ko‘zlab o‘z oldiga muayyan ustuvor yo‘nalishlarni, maqsad va vazifalarni qo‘yadi.

Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida aks etgan insonparvarlik siyosati, «inson qadri uchun» tamoyili ijrosi yo‘lidagi dadil qadamlar, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli islohotlar, aniq maqsad va vazifalar xalqimiz hayotiga yangicha mazmun baxsh etishi bilan ahamiyatlidir.

Xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, kambag‘allikni qisqartirish, «yashil iqtisodiyot» tamoyillariga asoslangan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ekologik holatni yaxshilash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish standartlarini keng joriy qilish hamda xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, qisqa qilib aytganda, jamiyatdagi barcha sohalarni Yangi O‘zbekistonga mos ravishda yangi bosqichga olib chiqishni o‘zida mujassam etgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi Prezident farmoni mamlakatimizni kelgusida rivojlantirishning muhim ahamiyatga molik dasturilamal hujjatidir. 

Aytish joizki, dastur har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlashga xizmat qiladi.

Davlat dasturi 5 ta yo‘nalish, 100 maqsaddan iborat bo‘lib, ushbu maqsadlarga erishish uchun 400 dan ortiq vazifani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Xalq bilan ochiq muloqot natijalari asosida tayyorlangan ushbu hujjatning pirovard maqsadi barcha sohalarni rivojlantirish orqali xalqimizning farovonligini oshirish va kundalik hayotidagi muammolarni hal etishni o‘z ichiga olgan.


Xususan, unda 2024-yil 1-martdan boshlab mahalla, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg‘armasi 600 million so‘m miqdorida bo‘lgan xorijiy tillar bo‘yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va «Zakovat» intellektual o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish, shuningdek, kasblar tanlovlarini o‘tkazish va unda g‘olib bo‘lgan yoshlarni o‘z hududlarida jihozlangan ustaxonalar bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizini yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirish, 

2024-yil 1-iyundan boshlab «Yosh tadbirkor» tanlovlarini o‘tkazib borish bo‘yicha vazifalar belgilangan.


Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimini qo‘shimcha mingta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida joriy qilish va fanlardagi amaliy mashg‘ulotlar ulushini 60 foizgacha oshirish, shu bilan birga, 7,5 ming nafar yoshni zamonaviy kasblarga o‘qitish, xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari bo‘yicha yuqori ball olgan 6 ming nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplab berilishini ta’minlash, 

2024-yil 1-sentabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ta’lim sifati va samaradorligi yanada oshishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, dasturda 6,7 million nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida yurak-qon tomir, qandli diabet, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash bo‘yicha profilaktik ko‘riklar tashkil etish, 10 million nafar aholini yugurish, futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, milliy va belbog‘li kurash kabi sport turlari bo‘yicha marafon va musobaqalarni tashkil etish orqali ommaviy sportga jalb qilish choralari ko‘rilishi nazarda tutilgan.

Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar viloyatlar markazlarida kamida bittadan og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatuvchi xospislar tashkil etilish, 2024-yil 1-sentabrdan boshlab pensiya tayinlashda bir vaqtning o‘zida shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varag‘idagi pulni olish bilan bog‘liq harakatlarni proaktiv tarzda amalga oshirish, nogironlikni belgilashda nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida xabardor qilish tartibi joriy etilishi ham aholi manfaatlarini o‘ylab amalga oshirilayotgan islohotlarning yaqqol namunasidir.


Dasturda 2024-yilda YAIM o‘sish sur’atining 6 foizdan kam bo‘lmagan darajada bo‘lishini, investitsiyalar esa yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan kamida 30 foiz bo‘lishini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida qiymati 18 milliard dollar bo‘lgan 309 ta yirik loyihani ishga tushirish, yillik inflyatsiya darajasi 9 foizgacha bo‘lishini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlariga 275 trillion so‘m kredit resurslarini yo‘naltirish, 41 trillion so‘mlik mikromoliya xizmatlari ko‘rsatish hamda banklar tomonidan taqdim etiladigan kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida 2–3 foiz pasaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab qo‘yildi.


Aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida 2024-yil 1-martdan boshlab hududlarda chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda ushbu jarayondan aholini doimiy xabardor qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, o‘lchami 500 metr kvadrat va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonlarida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etish lozimligi belgilandi.

Shuningdek, 2024-yilda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar ko‘­chatlarini ekish, 444 ta yashil bog‘lar barpo etish, suv isrofini kamaytirish maqsadida 1,5 ming kilometr yirik kanallarni betonlash ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Bundan tashqari, Qurolli Kuchlar, sohaga mas’ul boshqa vazirlik va idoralarning kiberxavfsizlik hamda epidemiologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha salohiyatini keskin oshirish maqsadida kiberxavfsizlik infratuzilmasining muhim elementlari hisoblanuvchi axborot tizimlari attestatsiyasi va ekspertizasi uchun har bir vazirlik va idorada mas’ul shaxslar javobgarligi belgilanmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur davlat dasturida nazarda tutilgan maqsadlarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi Yangi O‘zbekistonning har bir fuqarosi bugungi hayotidan mamnun bo‘lib, yurt taraqqiyoti va rivojiga o‘zida daxldorlik hissini tuyib yashashiga xizmat qiladi. Zero, islohotlar har birimizning amaliy ishimizga aylangan taqdirdagina muvaffaqiyat qozonamiz. 


Azizjon FAYZIYEV, 

podpolkovnik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 15:48
 
173
0
postda.uz

BUGUNGI DUNYONING GEOSIYOSIY MANZARASI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiXIX asr boshida boshlangan to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlari asosida shakllangan postindustrial modelning o‘z taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanishi kutilmagan oqibatlarga olib keldi. Ayniqsa, XXI asrga kelib, uning global modelga o‘tishi dunyodagi mavjud geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Bugunga kelib esa jahon arxitekturasining insoniyatni birlashtirishga qaratilgan yagona geosiyosiy modelini xavf ostida qoldirdi.Turli qarama-qarshi kuchlar v

11 Jul 15:13
 
42
0
xs.uz

Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari xitoy tiliga tarjima qilindi

Tadbirda mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari, Xitoy davlat matbuot muassasalari, nashriyot va bosma uylari vakillari, yetakchi adabiyotshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.Asar Xitoyda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan vatandosh Dildora Ismoilova tomonidan elchixona koʻmagida xitoy tiliga tarjima qilindi.Taqdimotda soʻzga chiqqanlar, Oʻzbekiston va Xitoy qadimiy Buyuk ipak yoʻlidagi koʻp asrlik tarix, boy madaniyat va noyob anʼanalarga ega mamlakatlar ekanligini taʼkid

11 Jul 15:13
 
32
0
xs.uz

Namanganda Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi

Namanganda XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari, Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana oʻn adadga ortgan. Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq poʻlatdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan.Ikkinchi aslaha

26 Jul 10:18
 
17
0
postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel