IIV Madaniyat saroyi Ashula va raqs ansamblining xushovoz xonandalari, so‘z ustalari ishtirokida Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Sariosiyo tumanlari markaziy o‘yingohlarida hamda Termiz shahridagi San'at saroyida konsert dasturlari namoyish etildi.
Konsert dasturlarida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlari, diltortar navolari, hangomalar tashrif buyurgan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Konsert dasturi davomida o‘tkazilgan “Omadli ishtirokchi” o‘yinida faol ishtirok etganlar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Konsert dasturi yakunida esa, IIV Madaniyat saroyi boshlig‘i, podpolkovnik U.Tillayev boshchiligidagi san'atkorlar hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a'zolari va farzandlari bilan dildan suhbat qurib, ularga esdalik sovg‘a-salomlarini ulashishdi.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi asosida “Dillarda Vatan madhi” shiori ostida o‘tkazilgan qo‘shiq va she'riyat tanlovining viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan yoshlarga diplom, pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Konsert dasturi davomida viloyat IIB tarkibiga kiruvchi sohaviy xizmatlarning maxsus texnikalari, qurol-aslahalari hamda Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadining jangovar chiqishlari namoyish etildi.
O‘z muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
Mahoratli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi
'Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi', deyiladi vazirlik xabarida.Musaxon Nurmatov 1968-yili Fargʻona viloyatida tugʻilgan. U 1990-yillar oxiri, 2000-yillar boshida oʻzbek milliy estrada sanʼatidagi yuzlab qoʻshiqlar musiqasining muallifidir.Xususan, uning 'Laylim', 'U goʻzal boshqa', 'Adashdim', 'Yana sogʻindim, yana', 'Meni sevib qolsayding', 'Xabaring yoʻq', 'Qizmi bu, kiyikmi bu', 'Davraga tushgan goʻzal
Xalqchil va dilbar shoir yodi hamisha qalblarda
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Turkiston' sanʼat saroyida xalqimizning suyukli farzandi, sheʼr-u bitiklari 'qanotli qoʻshiq'larga aylangan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.Unda shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, doʻstlari va shogirdlari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat namoyandalari, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Nazm-u navo kechasidan avval qatnashchilar
O'ZBEK TILI – O'ZLIGIMIZ TIMSOLI
Yurtimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari qonunan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni uch tamoyilga – umumiylik, majburiylik va huquqiy kafolatga asoslanadi. Darhaqiqat, davlat tilining mustahkam huquqiy maqomi belgilab qo‘yilgani tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanishga yetarlicha zamin yaratib, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an
Farzand tarbiya qilar ekan...
Yolg‘on gapirmang. Farzandingizni aslo aldamang, yolg‘on va'dalar bermang, qaror va fikrlaringizni o‘zgartirmang. Agar bolaning biron iltimosini bajarishni unutgan bo‘lsangiz, shunchaki undan uzr so‘rang. Har bir kichik yolg‘on – bolaning oldida obro‘-e'tiboringizni tobora tushirishga xizmat qiladi.Asabiylashmang. Bolalar bizning tabiatimiz va kayfiyatimizni juda yaxshi his etib, o‘zlariga tez qabul qilishadi. Odatda, vazmin kishilarning o‘g‘il-qizlari ham og‘ir-bosi