Sen Xo‘jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan
qorachig‘iOlovlarga sachragan
Shiroqlarni ko‘rgan
cho‘ponCho‘lig‘imsan, Vatanim!
«Vatanim» she’rida shoir ona yurtiga cheksiz muhabbatni ifoda qilib, Temurmalik, Shiroq jasoratini, Balxda dorga osilgan Mashrab kimligini ko‘rsatib beradi. Husayn Boyqaro yonida turib faqirlarga ko‘mak bergan Navoiy bobomizning ezgu ishlaridan ruhlanadi. Kurdistonda Jaloliddin, Hindistonda Bobur asos solgan saltanatdan faxrlanadi. Ulug‘bek Mirzo qoldirgan ilmiy-ijodiy merosning davomchilari ekanini anglaydi. Axir, bizga mana shu ajdodlarimizning qo‘rqmasligi, qahramonliklari bugungi tinch-osoyishta, farovon hayotni, o‘z diyorimizda ozod va erkin yashash imkoniyatini bermadimi? Har bir insonning yuragining tubida, qonida vatanparvarlik bor. Chunki Vatanni sevish yo himoya qilish istagi hech qanday majburiyatlarga aloqasi bo‘lmagan yuksak va tabiiy tuyg‘u. Muhammad Yusuf bu haqda shunday deydi: «She’r yozish ham o‘zing bilmay birovga yaxshilik qilishdek gap. Haqiqiy she’riyat hamisha oyoq ostida. Misralar qulundek tuproqqa ag‘anab yotishibdi. Tur, toychoq, chopamiz, desang bas. Biz ham bir zamon bir oyoq ostiga boqib she’r topamiz. Keyin uning changini qoqamiz va qancha ko‘p qoqsak – shuncha ko‘p yo‘qotamiz...» Shoir uchun o‘zlikni anglash, ona tilining go‘zalligi va boyligini bilish manbasi uni ijod cho‘qqisiga ko‘taradi. Masalan, Vatan so‘zi ustida Muhammad Yusufning yuragi o‘ynab turadi. U tuyg‘ularini bezashga harakat qilmaydi. Buning keragi ham yo‘q. Uning tasavvurida Vatan timsoli allaqachon ideal. Kamchilik, illatlariga qaramay, har bir giyohi, daraxti, guli, toshini yaxshi ko‘radi. Shundan she’rlariga muhabbat, g‘urur va hayrat singib ketgan.Yorug‘ yuzim,Ko‘k yorishibKetgaydir bir jilmaysang,Dunyolarni oqqa o‘rabQo‘yganingni bilmaysan,Uyingda ham,To‘yingda hamPaykalingni o‘ylaysan,Sodda dil – imonim mening,Bobodehqonim mening...«Bobodehqonim» she’ri ham qishloq odamlarining yorqin obrazi. U orol qurishi, oila, o‘zbek dehqonlarining qismati, milliylikka e’tibor kamaygani, qay biri haqida qayg‘urmasin, xalqning yuragida jo‘sh urgan kechinmalarni qalamga oladi.Shoir she’rlarining zamon bilan hamnafasligi va barhayotligi shundaki, u, birinchi navbatda, Vatanga «O, ota makonim» deb murojaat qiladi. Yer yuzidagi eng aziz va yaqin inson – «onasi»ga tenglashtiradi. Uni sevish va himoya qilishni muqaddas burch, deb biladi. Vatan bitta, deb hisoblaydi. Shoir uchun dunyoda Vatandan qimmatli va muhimroq narsa yo‘q. U hayotini usiz tasavvur qilolmaydi: Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda baxmalda tug‘ilgan qo‘zing,Arab ohusidan azizroq menga!Shoir «O‘zbekiston» she’rini ham o‘zi sevgan Vatanga bag‘ishlaydi. U mustaqil yurtni, ozod xalqni ko‘rdi. Mustaqillik bayramlarida qo‘shiqlari baralla yangradi. Bu dorilamon kunlarni o‘zining emas, xalqining katta orzusi, hayotidagi muhim hodisa, deb biladi. She’rlarining lirik qahramoni sayyohatga chiqqanda ham bir kun bo‘lmay, o‘z uyini sog‘inadi. Shu kichik go‘sha orqali katta yurtni ko‘radi, uning mas’uliyatini his qiladi. Inson qayerga bormasin, qanday o‘zgarmasin, uning yuragida qishlog‘i, ota-onasi, yor-u do‘stlariga bo‘lgan muhabbat yashaydi. Aynan, shu mehr, oqibat, yurt sog‘inchi insonga kuch beradi. Bu balandparvoz gaplarmas, Muhammad Yusuf himoya qilgan oddiy haqiqatlar.
Navoiydan bahra olgan Gʻarb
Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri