calendar 14 Mar 07:23
eye 768
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yevropa faqat AQSH harbiy mavjudligiga tayanmasdan, oʻzi kuchli NATO mudofaasini qurishi kerak — Shvetsiya bosh vaziri

image
Yevropa faqat AQSH harbiy mavjudligiga tayanmasdan, oʻzi kuchli NATO mudofaasini qurishi kerak. Bu fikrni Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson 'Politico' nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

'Yevropadagi NATO davlatlari yetarlicha kuchli mudofaa yaratishi kerak, shunchaki Amerika Qoʻshma Shtatlari kuchli mudofaani taʼminlashiga ishonmasdan va buning uchun pul toʻlamasdan', deydi siyosatchi.

Shuningdek, u Stokgolm va barcha Yevropa davlatlari iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida Xitoyga qaramlikni kamaytirishi zarurligini taʼkidladi.

Avvalroq, NATOning Bryusseldagi qarorgohida qirollikning harbiy blokka kirishi sharafiga oʻtkazilgan tantanali marosimda Shvetsiya bayrogʻi koʻtarilgan edi. Shuningdek, tadbir davomida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg matbuot anjumani oʻtkazdi. Uning qayd etishicha, Shimoliy Atlantika alyansi oʻz hududida yadro qurolini joylashtirgan NATO davlatlari sonini Shvetsiya hisobiga koʻpaytirishni rejalashtirmayapti.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:30
 
20
0
qalampir.uz

Dunyo yadroviy urush ostonasida turibdi – Lukashenko

Avvalroq, Belarus Respublikasi taktik yadroviy qurollarning “tezkor tekshiruvi”ni boshlagani haqida xabar bergandik. Mamlakat rezidenti Aleksandr Lukashenko G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda bu haqda o‘z fikrini bildirdi. Uning aytishicha, yadro qurollari "to‘xtatuvchi va mudofaa quroli" bo‘lib, "hech kim ular bilan biror davlatga hujum qilmoqchi emas".  Lukashenko, shuningdek, bugun e’lon qilingan taktik yadr

11 May 14:46
 
21
0
qalampir.uz

Rossiya Xarkovga hujumlarini kuchaytirdi

Rossiya harbiylarining Xarkov viloyati chegarasiga hujumi kecha, 10 may kuni ertalab soat beshda boshlandi va hozirgacha davom etmoqda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Bildirilishicha, chegara zirhli texnikalar ko‘magida buzib o‘tilgan, turli intensivlikdagi janglar davom etmoqda. Kunduzi Ukraina Qurolli Kuchlari pozitsiyalariga havo zarbalari berilgan, kechasi esa Ukraina Qurolli Kuchlari mudofaasining oldingi chizig‘iga artilleriya hujumlari boshlangan. Ukraina tomo

10 May 13:30
 
23
0
qalampir.uz

Peskov Zelenskiyga suiqasd uyushtirish haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi

Kreml voizi Dmitriy Peskov Ukraina Xavfsizlik xizmatining Prezident Vladimir Zelenskiyga suiqasdni oldini olgani haqidagi xabari haqida gapirar ekan, bu ma’lumotlarini haqiqat deb qabul qilish qiyinligini aytdi. Bu haqda u bugun, 8 may kuni mahalliy matbuotga bergan izohida so‘z ochdi. “Men umuman izoh berolmayman. Umuman olganda, siz tushunganingizdek, SBUdan kelayotgan ma’lumotni haqiqat deb qabul qilish qiyin, shuning uchun men hech narsa deya olmayman ", deydi u. E

11 Apr 20:33
 
70
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatidagi energetika ob’ektlariga zarba berdi

Bugun, 11 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov, Zaporoje, Lvov va Kiyev viloyatlaridagi energetika infratuzilmasiga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Energetika vaziri German Galushenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Kravchenkoning aytishicha, Rossiyaning 40 dan ortiq raketa va 40 ta droni uchirilishi oqibatida Kiyev viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektida yong‘in sodir bo‘lgan. Ene