calendar 14 Mar 07:22
eye 46
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tanzila Norboyeva BMT Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi

image
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozim, Komissiya BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining ishchi organi boʻlib, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va ilgari surish boʻyicha xalqaro standartlarni hamda ularning bajarilishi yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.

Bu yilgi sessiyada kambagʻallikni bartaraf etish, institutlar salohiyati va moliyalashtirishni kuchaytirish orqali gender tengligiga erishish va barcha xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish, bu borada Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi tamoyillarining hayotga tatbiq etilishi masalalari muhokama qilinmoqda.

Anjumanda dunyo davlatlarining sohaga masʼul parlament va hukumat idoralari, vazirlik va tashkilotlari, nodavlat tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etmoqda.

BMT Ayollar tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda dunyo boʻylab ayollarning 10,3 foizi oʻta qashshoqlikda yashaydi. 2030-yilga borib Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun kambagʻallikka barham berishdagi muvaffaqiyat 26 baravar tezroq boʻlishi kerak.

Shu bois, anjumanda butun dunyo hukumatlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ekspertlar va faollar ayollarning qashshoqligini tugatish va gender tengligini oshirishga yordam beradigan harakatlarni ishlab chiqish va investitsiyalarni jalb qilish masalalariga eʼtibor qaratishmoqda.

Ushbu nufuzli tadbirga tayyorgarlik koʻrish jarayonida BMT Ayollar tashkiloti keyingi 5-yilda Oʻzbekistonning gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi koʻplab ijobiy natijalarini eʼtiborga olib, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi bilan kelishgan holda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlarining sessiya boʻyicha maslahatlashuvlarini Toshkent shahrida oʻtkazgan edi.

Tadbir yakunlari boʻyicha ayollar va qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish borasida yagona pozitsiya ishlab chiqildi.

68-sessiyada Markaziy Osiyo mintaqasi va Ozarbayjon nomidan Oliy Majlis Senati Raisi soʻzga chiqib, bugungi kunda mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantirayotgani, qoʻshma sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilayotgani, gender tenglikni taʼminlash sohasida oʻzaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganini taʼkidlab, hamkorlik boʻyicha umumiy yondashuvlarni maʼlum qildi va qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Xususan, kambagʻallikni qisqartirish va munosib mehnat sharoitlarini yaratish uchun BMTning 'Ish oʻrinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori' doirasida global darajada ayollar va qizlarni himoya qilish boʻyicha samarali choralar koʻrish, oʻquv dasturlari va oʻqitish uslublariga, shuningdek, STEM-taʼlimiga, ayniqsa, qishloq joylarda gender yondashuvini joriy etish taklif etildi.

Shuningdek, hududlarda BMTTD loyihalari doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ayniqsa qishloq ayollari uchun raqamli savodxonlik va IT koʻnikmalarini oshirish dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi raqamli tafovutni bartaraf etish boʻyicha normativ-huquqiy bazani tartibga solish lozimligi aytib oʻtildi.

68-sessiya oʻz ishini davom ettirmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 16:49
 
31
0
qalampir.uz

O‘zbekiston Dehli aeroportida ushlangan fuqarolari bo‘yicha surishtiruv olib boryapti

Avvalroq, Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik 5 kg oltin bilan ushlangani haqida xabar bergandik. "Dunyo" axborot agentligining xabar berishicha, ayni paytda ularga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Ma’lum qilinishicha, mamlakatning Dehlidagi elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan bog‘liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning mas’ul huquq-tartibot idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshla

23 Apr 03:35
 
45
0
xs.uz

Shahrisabzda Damas haydovchisi birinchi sinf oʻquvchisini chorrahada urib yubordi: bola kasalxonada vafot etdi

Baxtsiz hodisa 19-aprel kuni soat 12:35 atrofida yuz bergan. 'Damas' haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, uyi yonidagi piyodalar oʻtish joyida yoʻlni kesib oʻtayotgan 1-sinf oʻquvchisi O.I.ni urib yuborgan.Oʻquvchi kasalxonaga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, haydovchi ushlangan.

11 Apr 14:01
 
36
0
xs.uz

Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar qoʻllab-quvvatlanadi

Farmonga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:' Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik);' Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 4 shtat birligidan iborat boʻlgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻlimi (Boʻlim);Shuningdek, quyidagilar kiritiladi:' kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari ' Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori lavozimi;' Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya, BAA, Ve

10 May 21:30
 
30
0
qalampir.uz

Maktabdagi qartabozlik bo‘yicha qo‘shimcha izoh berildi (video)

Avvalroq, ijtimoiy tarmoq sahifalarida "Maktabmi bu yoki qimorxona?" sarlavhasi ostida video tarqalgandi. Tasvirlarda bir necha o‘quvchilarning dars paytida qarta o‘ynab o‘tirganini ko‘rish mumkin. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi qo‘shimcha izoh berdi. Unga ko‘ra, videolavhada aks etgan voqea bundan ikki yil avval, ya’ni 2022/2023-o‘quv yilining taxminan oktyabr–noyabr oylarida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18