calendar 14 Mar 07:22
eye 41
comments 0
comments Manba: xs.uz

Timur Rahmonov Oʻzbekistonning Latviyadagi elchisi etib tayinlandi

image
Yangi tayinlangan elchi 2021-2024-yillarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan. Uning konsullik okrugiga Rossiyaning Sibir federal okrugi kirgan.

46 yoshli diplomat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

Timur Rahmonov TIV tizimidagi faoliyatini 1999-yilda boshlagan. Oʻtgan yillar davomida u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, Oʻzbekistonning Polsha, Italiya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishladi. 2017'2018-yillarda esa Tashqi ishlar vazirligining Urganch shahri hududiy boshqarmasi boshligʻi, Xorazm viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Rus, ingliz, polyak, ispan tillarini mukammal biladi.

Timur Rahmonov Oʻzbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019'2024) hamda mamlakatimizning Litva (2021'2024), Estoniya (2020'2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) oʻrindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida ishlagan Qadamboy Sultonov oʻrniga tayinlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:32
 
37
0
qalampir.uz

Qarshida qimorda yutib berishini aytib, suhbatdoshini chuv tushirgan ayol ushlandi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida onlayn qimorda yutib berishini aytib, suhbatdoshini chuv tushirgan 24 yoshli ayol qo‘lga tushdi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi. Qayd etilishicha, Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 24 yoshli Sh.B. ariza bilan murojaat qilib, bank kartasidagi 3 mln so‘m puli noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.  O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati Qarshi tu

10 May 16:49
 
29
0
qalampir.uz

Dollar kursi rekord darajada oshdi 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23,08 so‘mga oshdi va 12 718,08 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 61,70 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,09 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli 0,30 so‘mga tushib, 137,82 so‘mni tashkil etdi.

10 May 16:31
 
19
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda ko‘chatlarni shikastlagan qo‘ylarning egasi 17 mln so‘m jarimaga tortildi

Qashqadaryo viloyatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlari orasiga qo‘ylarni haydagan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Bildirilishicha, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan turli hududlarda reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida Qarshi tumani “Mang‘it”

11 Apr 13:59
 
54
0
qalampir.uz

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

2012 yilda Rossiya Federatsiyasi orqali Turkiyaga, u yerdan Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilgan Jaloliddin Rustamovich Mansurov qidiruvga berildi. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Mansurov 2005 yilda Uchtepa tumanidagi agrar kollejiga o‘qishga qabul qilinadi, biroq, 2007 yilda 2-kursni bitirmay turib o‘qishni tashlab ketadi va bo‘yoqchilik ishlarida otasiga yo