calendar 14 Mar 07:22
eye 42
comments 0
comments Manba: xs.uz

Namanganlik kashtadoʻz qiymati 130 million soʻmgacha boʻlgan kashtalar tikmoqda

image
Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Hunarmandchilik gullar shahri ahliga ajdodlardan meros. Bu yerda toʻqilgan kamalakrang atlas va adrasni qiz-juvonlar suyib kiyishadi, nozik kashtachilik buyumlarining ham qadri baland. Yangi Namangan tumanining 'Mingchinor' mahallasida yashovchi Hakimjon Tojiboyev ipakchilikka mehr qoʻygan insonlardan. Mato toʻqish va boʻyash hunarining ustasi boʻlgan koʻhna kasb egasi shu yoʻnalishdagi sulolaning uchinchi avlodi sifatida tajribasini sabot bilan yoshlarga oʻrgatib kelayotir. Shu kunga qadar 5 mingdan ziyod shogirdlar yetishtirgan, hozirda 200 nafarga yaqin xotin-qizlarga kashta tikishni oʻrgatib, ularni kasanachilik asosida doimiy mehnat bilan band etgan.

' Qoʻl mehnatiga asoslangan kashtachilikni sanʼatning nodir turlaridan biri sifatida izohlasa toʻgʻri boʻladi, ' deydi H. Tojiboyev. ' Boisi har bir mahsulot koʻz nuri, qalb qoʻri bilan yaratiladi. Mehnati oʻziga yarasha, baʼzilarini tikish uchun ikki-uch yillab vaqt sarf qilishga toʻgʻri keladi. Bahosi ham shunga munosib, kashtasining murakkabligiga qarab 300 ming soʻmdan 130 million soʻmgacha qiymatdagi ishlarimiz bor.

Bugun Hakimjon aka va uning kasanachi shogirdlari qoʻlidan chiqayotgan ellikdan ortiq turdagi kashtachilik buyumlarining dovrugʻi mamlakatimizdan chiqib, Rossiya, Ukraina, AQSH, Turkiya va Yevropaning qator davlatlariga ham yetib borgan.

' Hunar ortidan baraka topdik, uy-joy qildik, mashina oldik, farzand va nabiralar 4-5 avlod sifatida kasbimizni davom ettirmoqda. Qolaversa, Belgiya, Fransiya, Italiya, Turkiya kabi davlatlardagi xalqaro koʻrgazmalarda qatnashib, oʻzbek kashtachilik sanʼatini dunyoga koʻz-koʻz qildim, ' deydi usta faxr bilan.

Hakimjon Tojiboyev mahsulotlar targʻiboti va savdosini yanada kengaytirish maqsadida yaqin vaqt ichida mahalliy va xorijiy sayyohlarni oʻziga jalb etadigan hunarmandchilik markazi tashkil etish niyatida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:32
 
26
0
qalampir.uz

Yaxshi o‘qimagan talabaning granti olib qo‘yilib, bilimli talabalar o‘rtasida qayta taqsimlanadi

Oliy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida o‘qishga kirgan, ammo kelgusida yaxshi o‘qimagan talabadan davlat granti olib qo‘yilib, bilimli talabalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.  "Talaba olgan grant 4 yil ham davom etishi mumkin. Bir yildan keyin olib qo‘yiladi, degani emas. Yaxshi o‘qib, o‘qishini davom ettirishi kerak. Shunda g

11 Apr 14:01
 
29
0
xs.uz

Mehnat migrantlariga yordam koʻrsatuvchi Call-markaz tashkil etiladi

2024-yil 1-sentyabrgacha:' mehnat migrantlariga yordam koʻrsatish uchun tun-u kun ishlaydigan Call-markaz faoliyati tashkil etiladi;' chet eldan chiquvchi abonentlar uchun Call-markaz raqamiga qoʻngʻiroqlarni bepul asosda amalga oshirish imkoni yaratiladi.2025-yil 1-iyulgacha quyidagilar yaratiladi:' Oʻzbekistondan tashqariga chiquvchi va davlat hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi yagona idoralararo va toʻliq integratsiya qilingan elektron maʼlumot

14 May 18:16
 
20
0
qalampir.uz

Kinoteatrda film namoyishi vaqtida yonidagi qizga shahvoniy harakatlar qilgan yigit qamaldi 

Toshkent shahridagi kinoteatrlardan birida “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi namoyishi vaqtida yonida o‘tirgan tanish qizga shahvoniy harakatlar qilgan 25 yoshli yigit qamaldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 10 may kuni kinoteatr xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i ichki ishlar organlariga murojaat qilgan va zalda yigit yon o‘rindiqda o‘tirgan qizga jamoat joyida bo‘la turib har-xil shahvoniy harakatlar qilganini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘r

11 Apr 14:01
 
43
0
xs.uz

Yer olgan yoshlarga 100 mln soʻmgacha kredit ajratiladi

Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablagʻlar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7-yilgacha muddatga 100 mln soʻmgacha kredit ajratish;Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni 'mahalla yettiligi'ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar boʻladi.' talabgorlarga mini-texnika, urugʻ va koʻchat xaridiga 'Yoshlar daftari' jamgʻarmasidan 5 million soʻmdan subsidiya, Fermer, dehqon xoʻjali