calendar 14 Mar 07:22
eye 53
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Qoʻyliq” dehqon bozori faoliyati tugatildi

image
Kompaniya ijroiya organining aksiyadorlarga axborot berishicha, jamiyatning hududida tadbirkorlar faoliyati 2024-yil 5-yanvardan toʻxtatilgan.

'Oʻtgan ikki oy davomida bozor faoliyatini qay tartibda davom ettirish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish boʻyicha biror bir rasmiy yoki norasmiy'maʼlumotlar bugungi kunda mavjud emasligi, ayni paytda yer soligʻi, mulk soligʻi hisoblanishi davom etayotganligi, modomiki holat davom etsa, kompaniyaning moliyaviy ahvoli qiyinlashib qolishi kutilishi sababli jamiyatni yuridik shaxs sifatida ixtiyoriy tugatish maqsadga muvofiq deb topilgan', deyiladi aksiyadorlar qarorida.

'Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori' rasmiy sayti 1-mart kuni eʼlon qilgan xabarga koʻra, tugatilayotgan bozor boʻyicha murojaatlar ikki oy davomida qabul qilinadi.

Aksiyadorlik jamiyati rasmiy saytiga koʻra, bozorda Toshkent shahar hokimligi ulushi 93.2%ni, erkin savdo va mehnat jamoasi ulushi esa 6.8%ni tashkil qiladi.

2024-yil yanvarida Toshkent shahri hokimligi Qoʻyliq bozorida rekonstruksiya ishlari boshlanishi haqida xabar bergan edi.

Rekonstruksiya davrida tadbirkorlarga faoliyatini 'Food City', 'Toshkent indeks' va boshqa savdo majmualarida davom ettirish taklif qilingan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:01
 
33
0
xs.uz

Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila aʼzolari bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi

Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming soʻmdan subsidiya toʻlanadi (bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno).Bunda:' subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan toʻlanadi;' mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona m

11 Apr 13:59
 
61
0
qalampir.uz

Hayit kuni jamoat transporti bepul xizmat ko‘rsatadi

Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni (10 aprel) respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.  Bu qaror Vazirlar Mahkamasining Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda o‘tkazishga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishida qabul qilingan.  Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon hayiti kuni Toshkent avtobuslari va metro soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlashi aytilgan edi

10 May 13:32
 
22
0
qalampir.uz

Yana bir xususiy universitetning litsenziyasi bekor qilindi

O‘zbekistondagi yana bir nodavlat oliy ta’lim muassasasi – Toshkent Texnologiyalar universiteti litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda kecha, 8 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati ma’lum qildi. Tafsilotlarga ko‘ra, 2024 yilning 19 aprel kuni Toshkent Texnologiyalar universitetining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudning ajrimi e’lon qilingan. Kelasi o‘quv yilidan boshlab universitet o‘z faoliyatini

11 May 10:38
 
23
0
qalampir.uz

“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Avvalroq, A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi 229-kilometrida jalali yomg‘irlarning yog‘ishi oqibatida yo‘lning harakat qismini loy, qumtoshli massa qoplagani xabar qilingandi. Endilikda yo‘l qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.  FVV hamda tegishli tashkilotlarning kuch vositalari yordamida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan zarur amaliy harakatlar natijasida yo‘lning "Toshkent-