calendar 09 Mar 01:00
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

Emmanuel Makron Ukrainaga qoʻshin yuborish haqidagi soʻzlariga aniqlik kiritdi

image
'Biror narsani inkor etmaslik, buni qilish degani emas'. Shu tariqa Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qoʻshin yuborish imkoniyati haqidagi soʻzlariga aniqlik kiritdi. Bu haqda u BFMTV telekanali efirida aytib oʻtdi.

Undan Ukrainaga NATO qoʻshinlarini yuborish shartlari haqidagi bayonotga izoh berish soʻraldi. Prezident esa qisqa javob berdi: 'Biror narsani inkor etmaslik, buni qilish degani emas'.

Shu yilning fevral oyi oxirida Fransiya rahbari NATO qoʻshinlarini Ukrainaga yuborish imkoniyatini maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Yevropa Moskvaning qizil chiziqlarini kesib oʻtishdan qoʻrqishni bas qilishi kerak.

Avvalroq, Makron parlamentdagi partiyalar yetakchilari bilan uchrashuvda buning shartlarini ham aytib oʻtgan edi. Fransiya prezidentining soʻzlariga koʻra, bunday shart frontning Kiyev va Odessaga oldinga siljishi boʻlishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
42
0
qalampir.uz

Irlandiya tarixidagi eng yosh Bosh vazir saylandi

Kecha, 9 aprel kuni Saymon Xarris mart oyida kutilmaganda iste’foga chiqqan Leo Varadkarning o‘rniga Irlandiyaning eng yosh hukumat rahbari bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” xabar beradi. Irlandiya Vakillar palatasi a’zolari Saymon Xarrisni mamlakatning yangi Bosh vaziri etib saylash uchun ovoz berdi. Xarrisning nomzodini Vakillar palatasidagi 160 deputatdan 88 nafari qo‘llab-quvvatladi, 69 nafari qarshi chiqdi.  Endi 37 yoshli Xarrisning nomzodini mamlakat Prezide

11 May 19:15
 
27
0
qalampir.uz

Isroil Rafahning yana bir qancha hududlarini evakuatsiya qilmoqda

Isroil armiyasi Rafah shahri aholisini shaharning sharqiy qismidagi bir qancha hududlarni tark etishga chaqirdi. Isroil harbiylari tomonidan X ijtimoiy tarmog‘ida va SMS-xabarlar orqali tarqatilgan arab tilidagi xabarda tark etilishi kerak bo‘lgan aniq hududlar, jumladan, qochqinlar uchun ikkita lager qayd etilgan. Aholiga zudlik bilan O‘rtayer dengizi sohilidagi Al-Mazori lageriga evakuatsiya qilish buyurilgan. Kuzatuvchilar qayd etishicha, bu Isroil armiyasi Rafah shahrida HAMASga qar

11 May 09:48
 
32
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda biologik qurol ishlab chiqarilayotgani haqidagi gap kimdan chiqqani aytildi

Amerika laboratoriyalari Qozog‘istonda biologik qurol ishlab chiqarayotgani haqidagi mish-mishlar ortida sun’iy intellekt turibdi. Ushbu soxta xabarlarning manbasi Xitoy bo‘lib chiqdi, deb yozadi "Orda.kz" nashri. AQSH Ichki xavfsizlik departamenti hisobotida keltirilishicha, Xitoy Qozog‘istondagi Amerika biolaboratoriyalari haqidagi shov-shuvli soxta ma’lumotlarni tayyorlashda neyron tarmoqlaridan foydalangan. Uni ovoza qilish esa ushbu davlat ommaviy axborot vo

10 May 13:30
 
18
0
qalampir.uz

Dunyo yadroviy urush ostonasida turibdi – Lukashenko

Avvalroq, Belarus Respublikasi taktik yadroviy qurollarning “tezkor tekshiruvi”ni boshlagani haqida xabar bergandik. Mamlakat rezidenti Aleksandr Lukashenko G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda bu haqda o‘z fikrini bildirdi. Uning aytishicha, yadro qurollari "to‘xtatuvchi va mudofaa quroli" bo‘lib, "hech kim ular bilan biror davlatga hujum qilmoqchi emas".  Lukashenko, shuningdek, bugun e’lon qilingan taktik yadr