calendar 08 Mar 15:09
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina va Xitoy vakillari Zelenskiyning “tinchlik formulasi”ni muhokama qildi

image

Kiyevda Xitoy hukumatining Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuy boshchiligidagi delegatsiya bilan Ukraina Prezidenti va hukumati devonidagi rasmiylarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kecha, 7 mart kuni Prezident idorasi saytida xabar berildi.

Tomonlar Ukrainadagi xavfsizlik holati, jang maydonidagi vaziyat, Ukraina “tinchlik formulasi” va unga erishishda Xitoyning ishtirokini muhokama qilgan.

“Biz Xitoy bilan hamkorlikni qadrlaymiz va bugungi muzokaralar munosabatlarimizni chuqurlashtirish va mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lishiga umid qilamiz”, degan Ukraina Prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak.

Xitoy delegatsiyasiga Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilib, Rossiyaga topshirilgan hamda Moskva tomonidan hujumlarda foydalanilgan va Ukraina hududida urib tushirilgan  raketa bo‘laklari va boshqa qurol elementlarining namunalari ko‘rsatilgan.

Li Xuy 2 martdan beri xalqaro safarda. U dastlab Rossiyaga borgan. E’lon qilingan jadvalga ko‘ra, xitoylik diplomat Yevropa Ittifoqi shtab-kvartirasiga hamda Polsha, Germaniya va Fransiyaga ham tashrif buyuradi. 

Ma’lumot uchun, 2022 yil sentyabr oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Indoneziyaning Balida bo‘lib o‘tgan G20 yetakchilari sammiti chog‘ida Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlik bo‘yicha o‘zining 10 banddan iborat qarashlarini taqdim etgan. Ular orasida Ukrainaning yadroviy, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash, barcha mahbuslar va deportatsiya qilinganlarni ozod qilish, Rossiya qo‘shinlarini olib chiqish va harbiy harakatlarni to‘xtatish bor.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Zelenskiyning formulasini “amalga oshirib bo‘lmaydigan” deb atagan bo‘lsa, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Shols, aksincha, buni olqishlagandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida Xitoy rahbari Si Szinpin Ukrainada urush boshlanganidan beri Zelenskiy bilan ilk telefon muloqotini o‘tkazgandi. May oyida esa Xitoyning Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuy Ukraina, Polsha, Fransiya, Germaniya va Rossiyaga borib, u yerdagi rasmiylar bilan uchrashgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
53
0
xs.uz

Eynshteynning mashhur surati rekord narxga sotildi

Bu surat 1951-yil 14-martda fotograf Artur Sass tomonidan olingan. Oʻsha kuni Eynshteyn oʻzining 72 yoshini nishonlagan, ziyofat tugagach, u doʻstlarining uyiga olib borib qoʻyish taklifidan foydalangan. Olim avtomobilga oʻtirishi bilanoq, reportyor undan suratga tushishni soʻragan. Kameralardan charchagan olim buning oʻrniga tilini koʻrsatgan ' shu tariqa ramziy kadr paydo boʻlgan.Keyinchalik Eynshteyn gazetada ushbu suratni koʻrib, imzo chekish va doʻstlariga sovgʻa qilish uchun un

20 Mar 12:55
 
64
0
xs.uz

AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o