calendar 08 Mar 14:06
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukraina urushida AQSH qo‘shinlari ishtirok etmaydi – Bayden

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainada Amerika qo‘shinlaridan foydalanmaslikka qaror qilganini aytdi. Bu haqda u kecha, 7 mart kuni kechqurun AQSH Kongressi Vakillar palatasi va Senati oldida mamlakatdagi vaziyat haqidagi yillik nutqida ma’lum qildi.

"Ular (ukrainaliklar) amerikalik askarlarni so‘ramayapti. Aslida, amerikalik askarlar Ukrainadagi urushda ishtirok etmaydi va men xuddi shu ruhda davom etishga qaror qildim", deydi Prezident. 

Shuningdek, Bayden agar Qo‘shma Shtatlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlasa va uni "o‘zini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan qurollar" bilan ta’minlasa, Kiyev Moskva bilan mojaroda g‘alaba qozonishi mumkinligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Bayden yana bir bor AQSH Kongressini Amerika ma’muriyatining Ukrainaga yangi yordam paketi ajratish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

"Agar Qo‘shma Shtatlar hozir Kiyevni qo‘llab-quvvatlashdan chekinsa, bu Ukrainani xavf ostiga qo‘yadi. Biz chekinmaymiz, (Putinga) ta’zim qilmaymiz", deydi u. 

Baydenning ta’kidlashicha, Ukraina AQSH qurol-yarog‘i tufayli Rossiyani to‘xtata oladi.

Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni Parijda Ukrainaga yordam bo‘yicha konferensiya yakunida so‘zga chiqqan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukraina hududiga Fransiya quruqlikdagi qo‘shinlari kiritilishi mumkinligini istisno etmagandi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg esa alyans Ukrainaga askar yuborish niyatida emasligini aytgan. Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSH Prezidenti Ukrainaga qo‘shin yuborishga qarshi ekani, bu har bir davlatning suveren qarori ekanini ta’kidlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 09:40
 
30
0
qalampir.uz

AQSH yadroviy arsenaliga oid ma’lumotlarni ochiqladi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining yadroviy arsenalida 2023 yil sentyabr holatiga ko‘ra,  3748 ta jangovar kallak bor edi. Bu haqda bugun, 20 iyul kuni AQSH Yadro xavfsizligi milliy agentligi  ma’lum qildi. “AQSH yadro qurollar zaxirasidagi shaffoflik” deb nomlangan hujjatda aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar yadroviy qurollar sonini kamaytirishda davom etmoqda. 1994 yildan 2023 yilgacha Qo‘shma Shtatlar 12 088 ta yadro kallaklarini demontaj qilgan. Bildirilishicha, y

26 Jul 10:19
 
6
0
qalampir.uz

Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi

Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi. “Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi t

16 Jul 20:11
 
74
0
xs.uz

Trampning saylov poygasi va Yevropaning “Tolibon” tomon qadami (+video)

Jurnalist Gʻarb yetakchilari uchun dahshatli xabar haqida maʼlum qildiVengriya bosh vaziri Viktor Orbanning agar Donald Tramp AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonsa, darhol Ukraina mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori boʻlishi mumkinligi haqidagi bayonoti Gʻarb yetakchilari uchun yomon yangilik hisoblanadi. Bu fikrlarni irlandiyalik jurnalist Chey Bouz aytib oʻtdi.'Ukrainadagi falokatdan ichki muvaffaqiyatsizliklarini chalgʻitish uchun foydalanayotgan Yevropa Ittifoqi va

26 Jul 10:21
 
8
0
xs.uz

Netanyahu AQShda va Isroil qilmishlari (+video)

Isroilning Xon Yunisdagi qilmishlariXon Yunis oxirgi kunlarda qonga botirilmoqda. Isroil askarlari aholini hududni tark etishga chaqirganidan koʻp oʻtmay oʻqqa tutgan. Odamlar oziq-ovqat va suvsiz qolmoqda. Ularni evakuatsiya qiladigan hech kim yoʻq. Xon Yunisda faqat bitta Nosir shifoxonasi ishlayapti. Hududning tez tibbiy yordam xodimlari yetib bora olmaydigan joylari ham bor.Hududdan bir kunning oʻzida 150 mingdan ortiq odam qochishga majbur boʻlgan. Soʻnggi kunlardagi zarbalardan toʻ