calendar 08 Mar 10:25
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Hindiston Xitoy chegarasiga o‘n ming askar jo‘natdi

image

Hindiston Xitoy bilan chegarani qo‘riqlash uchun o‘n ming askardan iborat qo‘shimcha kuch ajratdi va shu bilan bu hududda xizmat qilayotgan qo‘shinlari sonini ikki barobarga ko‘paytirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi hindistonlik amaldorlarga tayanib, xabar berdi.

Unga ko‘ra, avvallari mamlakatning g‘arbiy chegarasida xizmat qilgan 10 ming askardan iborat kuch endi Xitoy bilan bahsli chegaraning bir qismini mustahkamlash uchun safarbar etilgan.

Bundan tashqari, Hindistonning Xitoy bilan chegarasida joylashgan to‘qqiz ming askardan iborat kontingent yangi tashkil etilgan jangovar qo‘mondonlikka o‘tkaziladi. Qurolli kuchlarning ikkala bo‘linmasi chegaraning 532 kilometrlik qismini qo‘riqlaydi.

Hindiston Qurolli kuchlari va mamlakat Mudofaa vazirligi vakillari vaziyatga izoh bermagan.

Ma’lumot uchun, Hindiston va Xitoyning Himolayda bahsli chegara hududi mavjud. 2022 yil dekabr oyida Hindiston harbiylari va Xitoy armiyasi o‘rtasida chegara mojarosi yuz bergani xabar qilingandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Qurolli kuchlari 12 mart kuni Pokiston bilan chegaradosh g‘arbiy Rajastan shtatida quruqlikdagi qo‘shinlar, havo kuchlari va dengiz floti ishtirokida keng ko‘lamli kompleks harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida xabar berilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:48
 
129
0
xs.uz

Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2

13 May 14:38
 
134
0
xs.uz

Nihoyat Gʻazoda tinchlik oʻrnatilishi mumkin

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS mojarosini tugatish uchun 'soʻnggi qadam'ni eʼlon qildi.Bu orada HAMAS isroillik garovga olingan Iden Aleksandrni ozod qiladi. U AQSH fuqaroligiga ham ega. Guruh Gʻazoga gumanitar yordamning tiklanishi va u yerda oʻt ochishni toʻxtatishga erishishdan umidvor.'Sky News' xabariga koʻra, Iden HAMAS tomonidan ushlab turilgan soʻnggi tirik asirdir. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, garovdagi shaxsni ozod qilish 13-may ku

13 May 14:38
 
150
0
xs.uz

HAMAS AQSH fuqarosini ozod qildi. U soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin

HAMAS garovga olingan AQSH va Isroil fuqarosi hisoblangan Aleksander Idenni ozod qildi. 'The Times of Israel' nashrining xabar berishicha, Iden Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirilgan. Hozirda u Isroil hududida.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli Aleksander yaxshi jismoniy holatga ega emas, unda mushak distrofiyasi belgilari aniqlangan. 2023-yil oktyabr oyida qoʻlga olingan paytda Isroil armiyasida xizmat qilgan Aleksander Amerika fuqaroligiga ega boʻlgan HAMAS qoʻlidagi soʻnggi tiri

04 Jun 02:45
 
50
0
xs.uz

Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endyostigʻini quritdihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end

Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafa