calendar 07 Mar 20:14
eye 119
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yozuvchi Sobir Oʻnar xotirlandi

image
Tadbirda yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yozuvchining yaqinlari, oila -azʼolari hamda talaba-yoshlar qatnashdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Professor Qozoqboy Yoʻldoshev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Abdusaid Koʻchimov va boshqalar soʻzga chiqib Sobir Oʻnarning oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni, hayoti va ijodi haqida gapirishdi, iliq xotiralar yodga olindi.

' Sobirjonning birinchi xususiyati uning samimiyati edi, ' dedi yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad. ' Oʻziga yarashadigan begʻubor tabassumi bor edi. Biror marta biror davrada oʻzini koʻrsatish, boshqalardan ajralib turish uchun xatti-harakat qilganini sezmaganman. Zabardastligi bilan muloyim tabassumi bir-biriga judayam mos tushardi. Badiiy asarlaridayam, publitsistik asarlaridayam, adabiyotshunoslikka oid chiqishlaridayam mana shu samimiyati koʻzga tashlanib turardi.

Sobir Oʻnarning qissa va hikoyalarida sof insoniy tuygʻular, turli qiyofali, har xil taqdirli insonlarning gʻaroyib ifodalari aks etganini koʻrasiz. Xoh pok, begʻaraz sevgi, xoh murakkab kechmishga ega odamlar toʻgʻrisida yozmasin, Inson ismli zotning maʼlumligi, masʼulligi bilan birga irodasi balqib turadi.

Tadbirda Sobir Oʻnarning 'Saylanma'si va 'Sobir Oʻnar zamondoshlari xotirasida' kitobi chop etilgani aytildi. Bu esa adib tavalludiga munosib sovgʻa boʻldi.

Rahmatjon BOBOJONOV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
216
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
741
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
606
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
53
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra