Abru bahor sanʼati, adras matolar, milliy taqinchoqlar jilosi fransuzlarni oʻziga maftun etdi

' Bunday festival tashkil qilish gʻoyasi 'MAKOSH' assotsiatsiyasi vakili Anna Karo tomonidan oʻrtaga tashlandi, ' deydi delegatsiya aʼzosi, 'Ipak yoʻlidagi karvonsaroylar' fransuz assotsiatsiyasining Buxorodagi filiali direktori oʻrinbosari Irina Mavlanova. ' U yurtimizga tashrif buyurib, bir necha oyni Buxoroda oʻtkazgan va koʻplab mahalliy xalq amaliy sanʼati ustalari bilan yaqindan tanishgan edi. Festival dasturi juda qiziqarli va tigʻiz kechdi. Dastlab biz uchun 80 ming aholi istiqomat qilayotgan Tarn-i-Garonna departamenti markazi sanalgan Montoban shahri meriyasida qabul marosimi uyushtirildi. Samimiy ruhda kechgan tadbirda fransuz ' oʻzbek xalqlarining hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanayotgani alohida eʼtirof etildi. Oʻz navbatida, hunarmandlarimiz toʻplanganlarni oʻz faoliyatlari bilan tanishtirdilar.
Ikkinchi bir shunday uchrashuv Tijorat palatasida boʻlib oʻtdi. Bu yerda hamyurtlarimiz fransuz tadbirkorlarining oʻz faoliyatlarini ravnaq toptirish uchun qanday qoʻllab-quvvatlanishadi, biznesdagi tavakkalchilik, bunda nimalarni hisobga olish kerak, degan bir qator savollarga toʻlaqonli javob oldilar.
' Bolalar markazidagi uchrashuv ayniqsa, qiziqarli oʻtdi, ' deydi zargar Shodmon Saidmurodov. ' Qatnashchilar Oʻzbekiston xaritasini, hunarmandchilik mahsulotlarimizni katta qiziqish bilan tomosha qildilar. 'Abru bahor' sanʼati usulida ishlangan rang-barang suratlar, adras matolar jilosi, milliy taqinchoqlarimiz, laganlarda aks etgan betakror manzaralar ularni tamoman oʻziga maftun etdi.
Verden-syur-Garonnadagi ijod markazida festivalning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda soʻz olganlar mehmondoʻst Oʻzbekistonda milliy qadriyatlar asrab-avaylab kelinayotgani, bugungi koʻrgazma Buyuk Ipak yoʻli yoqasida joylashgan bu serquyosh yurtning boy madaniy-maʼnaviy merosidan darak berishini taʼkidladilar. Sharq shirinliklari, xususan, oʻzbek milliy taomi-palovdan tatib koʻrgan tadbir ishtirokchilari buxoroliklar uchun bir necha joyda savdo-koʻrgazma ham tashkil qildilar.
'MAKOSH' assotsiatsiyasi tomonidan mehmonlar uchun qiziqarli dastur tuzilganini ham eʼtirof etish joiz. Chunonchi, delegatsiya aʼzolari 'Chateau de Caze' deb nomlangan qadimiy vinochilik maskanida, shuningdek, fransuz xonadonida uyushtirilgan pishloq tatib koʻrish marosimida qatnashdilar. Fransuz oshxonasi va farang oilaviy muhiti bilan tanishdilar. Tuluza shahriga sayohat tashkil этилди.Фестивал yakunida esa Montoban shahri meriyasi yurtdoshlarimizni bu yerda oʻtkazilayotgan Xitoy chiroqlar festivali tomoshasiga taklif qildi. Gap shundaki, oʻziga xos shouni Chin yurtidan kelgan 100 nafar usta toʻrt oy davomida 50 ming kvadrat metr ipak mato va 2500 ta chiroqdan foydalanib tayyorlagan. Bu hamda yurtdoshlarimiz ishtirokidagi qator tadbirlar Buyuk Ipak yoʻli yoqasida joylashgan oʻlkalar va xalqlarning asl maqsad-muddaosi doʻstlik, hamkorlik rishtalarini mustahkamlashdan iborat ekanining yaqqol dalili boʻldi.
Navoiydan bahra olgan Gʻarb
Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi
Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur