Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida tirbandliklarni bartaraf etishga oid loyiha taqdimoti bilan tanishdi

Mazkur loyiha sinov tariqasida Toshkent shahridagi ikkita yirik chorrahada ' Bobur va Furqat koʻchalari kesishmasida hamda Bogʻishamol va Toshkent avtomobil halqa yoʻli kesishuvida amalga oshirildi.
Piyodalar uchun chorrahalarda 'xavfsizlik orolchalari' bunyod etildi, piyodalar oʻtish joyida svetoforni boshqarish uskunalari oʻrnatildi. Jamoat transporti bekatlari yoʻlovchilar uchun tushib chiqishga qulay tarzda qayta loyihalashtirildi.
Shuningdek, chorrahalarga davomiyligi oqimga qarab moslashadigan intellektual svetoforlar tizimi tashkil etildi.
Bu kabi loyihalar natijasida chorrahalarning oʻtkazish qobiliyati sezilarli darajada oshib, tirbandliklar kamayadi, jamoat transporti yanada samarali boʻladi.
Prezidentimiz bu ishlarni kengaytirish, 'shahar ' piyodalar uchun' tamoyilini toʻliq roʻyobga chiqarish boʻyicha mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi
Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani
Bogʻchaga ketgan 2 yashar qizcha ariqqa choʻkib halok boʻldi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 yoshli qiz bogʻcha yaqinidagi ariqqa choʻkib halok boʻldi. Bu haqda 'Millar' koʻrsatuvida'xabar berildi.Lavhada qayd etilishicha, holat joriy yilning 20-may kuni Qamashi tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida sodir boʻlgan.Bogʻcha xodimi bergan koʻrsatmaga koʻra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli koʻchaga chiqib, bogʻcha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.Bosh
Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni toʻxtatdi
'Uzbekistan Airways' Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxiriga qadar toʻxtatdi. Bu haqida aviakompaniya oʻzining rasmiy sahifalarida maʼlum qildi.Xabarda aytilishicha, Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 'Uzbekistan Airways' 2025-yil 16-iyundan 30-iyun kuniga qadar Toshkent ' Tel-Aviv ' Toshkent yoʻnalishidagi reyslarni vaqtincha toʻxtatgan.'Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytari