calendar 07 Mar 20:12
eye 125
comments 0
comments Manba: xs.uz

Buxoroning “Eng namunali mahalla raisi” aniqlandi

image
Istam Ibrohimov, 'Xalq soʻzi'. Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab ilk bor mamlakatimizda 'Eng namunali mahalla raisi' koʻrik-tanlovi oʻtkazilyapti. Buxoroda ushbu tadbirning viloyat bosqichi gʻoliblari nomi aniqlandi.

Koʻrik-tanlovda ishtirok etgan 13 ta mahalla fuqarolar yigʻini raisining oʻz hududida amalga oshirayotgan xayrli ishlari atroflicha tahlil etildi. Ularning nazariy bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Aholi bandligi, jinoyatchilikdan xoli hududligi, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmandlarni qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar alohida eʼtiborda boʻldi.

Yakunda Gʻijduvon tumanidagi 'Soktari' mahallasi oqsoqoli Xudoyberdi Ismatov faxrli uchinchi, Kogon tumanidagi 'Oʻzbekiston' MFY raisi Akbar Samadov ikkinchi oʻrinni egalladi. Koʻrik-tanlovning respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qilish huquqini beradigan birinchi oʻrin esa Jondor tumani 'Namgoni' mahalla fuqarolar yigʻini raisi Bahromjon Yusupovga nasib etdi.

' Maskanimizni ishsizlikdan xoli hududga aylantiryapmiz, ' deydi tanlov gʻolibi Bahromjon Yusupov. ' Buning uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Xususan, mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan paxta va gʻalladan boʻshagan yerlarni aholiga dehqonchilik qilish uchun ajratib berish amaliyoti bizga qoʻl kelyapti. Keyingi ikki yilda 50 gektar yer fuqarolarimizga ochiq auksion savdolari orqali berildi. Bu tariqa aholi bandligi taʼminlanibgina qolmay, bozorni toʻkin etish imkoniyati ham tugʻildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
33
0
xs.uz

Togʻdan sel kelishi oqibatida “Qamchiq” dovonida yoʻlning bir qismi vaqtincha yopildi

'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida yogʻingarchilik natijasida togʻdan kelgan sel oqibatida tosh va shagʻal aralashmalari yoʻlni qoplagan. Oqibatda dovon yoʻlining bir qismi vaqtincha yopilgan, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.Qoʻshimcha qilinishicha, 'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining ushbu qismida ikki tomonlama harakat vaqtincha faqat 'Toshkent ' Vodiy' yoʻnalishida tashkil etilgan.'YPX xodiml

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

31 May 08:49
 
59
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda

31 May 08:49
 
33
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.