calendar 07 Mar 20:11
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Buxorodagi tug‘uruqxonada fohishaxona tashkil etgan ayol ushlandi 

image

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘uruqxonada fohishaxona tashkil etgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 27 fevral kuni soat taxminan 19:00 atrofida Shofirkon tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning Savrak mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan ayol o‘zi ishlaydigan Qalmanoq mahallasida joylashgan tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limining xonalaridan birida bir erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga 200 ming so‘m olib, fohishaxona tashkil etgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan roppa-rosa bir yil oldin, 2023 yilning 6 mart kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida 40 ming so‘m evaziga bir yigit va qizni jinsiy aloqa qilishi uchun uyida sharoit yaratib bergan 42 yoshli erkak ushlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:20
 
22
0
xs.uz

Inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro X.R.ning 'Monza' rusumli avtomashinasi salonidan tarkibida 'Tropikamid' moddasi mavjud boʻlgan 64 dona yelim idishda suyuqlik va 'Pregabalin' moddasi mavjud boʻlgan 19 dona oq-qizil rangli

27 Jan 00:53
 
23
0
xs.uz

Andijon viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi

Ulugʻbek Odashevich Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari ' viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Tayinlovga qadar Ulugʻbek Rahimov viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.Maʼlumot uchun, Ulugʻbek Rahimov 1971-yilda Paxtaobod tumanida tugʻilgan. Namangan

31 Jan 15:21
 
18
0
xs.uz

Tergovda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari yanada kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasida tergov faoliyati jarayonida shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimini mustahkamlash boʻyicha muhim huquqiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yil 28-yanvarda qabul qilingan yangi qonunga (OʻRQ-1022-son) muvofiq, jinoyat-protsessual qonunchiligiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Ushbu oʻzgarishlar tergov sudyalari vakolatlarini aniq belgilash hamda sudga qadar ish yuritish jarayonida protsessual qarorlarni sanksiyalash tartibini m

27 Jan 00:53
 
28
0
xs.uz

Mehnat kodeksida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilmoqda

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta'minlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish bo'yicha tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Mazkur Qonun bilan O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 'Yagona milliy mehnat tizimi' idoralararo dasturiy-apparat majmuid