calendar 07 Mar 20:10
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

PSJ Mbappe klubga 150 million yevro to‘lashidan umidvor bo‘lmoqda

image

PSJ rahbariyati hujumchi Kilian Mbappe “Real”ga o‘tganda bonusining bir qismini klubga to‘lashini kutmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu summa 100 million yevrodan 150 million yevrogacha bo‘lishi mumkin. Bu hujumchi shartnomasi yakunlanib, tekinga “Real”ga ketganidan keyin fransuz klubini yaxshi moliyaviy holatda qoldirishga yordam beradi.

25 yoshli Kilian Mbappe “Real” bilan shartnomaning yakuniy tafsilotlari bo‘yicha allaqachon kelishib olgan. Shartnoma 2024 yil 1 iyuldan kuchga kiradi. “Qaymoqranglilar” Mbappe bilan shartnoma imzolashni yaqin haftalarda yakunlamoqchi, biroq uning transferini faqat mavsum tugaganidan keyin e’lon qilinadi.

Joriy mavsumda Mbappe barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda qatnashib, 32 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida Mbappe Yelisey saroyida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan ko‘rishgani xabar qilingandi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Mbappeni PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga ko‘ndirish bo‘lmagan. Parij klubi Kilianning mavsum oxirida ketish haqidagi qarorini qabul qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
29
0
xs.uz

Bugun Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioniga qarshi dona suradi

Maʼlumki, Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida shaxmat boʻyicha anʼanaviy 'Tata Steel Chess 2025' musobaqasi oʻtkazilmoqda.Bugun, 24-yanvar kuni musobaqaning 6-tur uchrashuvlari oʻtkaziladi.Nufuzli turnirda hamyurtlarimiz ham ishtirok etishmoqda. Jumladan, 'Masters' guruhida Nodirbek Abdusattorov, 'Chellangers' guruhida esa Nodirbek Yakubboyev sovrinli oʻrinlar uchun bahs olib borishmoqda.Beshinchi turdan soʻng Abdusattorov 3 gʻalaba va 2 durang bilan 4 ochko jamgʻargan holda qoʻshim

31 Jan 15:22
 
34
0
xs.uz

Shahram Gʻiyosov birdaniga ikki kamar uchun jang oʻtkazadi

Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Shahram Gʻiyosov yarim oʻrta vazn toifasida WBA chempioni Eymantas Stanyonis va IBF chempioni Jeyron Ennis oʻrtasida 12-aprel kuni oʻtkaziladigan birlashtiruvchi jangga oʻz roziligini berdi. U ushbu jangda gʻolib boʻladigan sportchi bilan keyinchalik ringda kuch sinash shartlari asosida bunday qarorga kelgan.'The Ring' nashrining xabar berishicha, WBA qoidalariga muvofiq, yarim oʻrta vazn WBA chempioni Stanyonisga IBF chempioni Ennisga qarshi jang oʻtkazi

27 Jan 00:54
 
31
0
xs.uz

1 ta golli xato, 1 ta kartochka, 83 foiz aniqlik: Husanovning “Man Siti”dagi debyuti qanday oʻtdi?

Quvonarlisi shundaki, ushbu bahsda 'shaharliklar' tarkibida hamyurtimiz Abduqodir Husanov oʻzining ilk debyut oʻyinini oʻtkazdi.Taʼkidlash joizki, Husanov 'Man Siti' tarkibiga atigi 5 kun oldin kelib qoʻshilgan va bor yoʻgʻi bir marta toʻlaqonli mashgʻulot oʻtkazgan. Shunga qaramay, dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri Pep Gvardiola hamyurtimizga ishonch bildirib, eng muhim bahsda asosiy tarkibda tushirgani oʻzbek futboli tarixidagi yorqin voqeiylik sanaladi.Uchrashuv hamyurtimiz

27 Jan 00:54
 
40
0
xs.uz

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi futbolkalarining narxi qanday?

'Manchester Siti' klubining rasmiy doʻkonida Abduqodir Husanovning ismi tushirilgan, 45-raqamli futbolkalar sotuvga chiqarildi. Turli dizayn va materiallardagi ushbu futbolkalar jamoa muxlislari uchun maxsus taqdim etilmoqda. Husanovning jamoaga qoʻshilishi muxlislarda katta qiziqish uygʻotgan boʻlib, uning liboslari muxlislar uchun qadrli sovgʻa boʻlishi shubhasiz.Husanov ismi tushirilgan oddiy uy va mehmon liboslari 115 AQSH dollaridan 132 AQSH dollarigacha sotilmoqda. Shuningdek, 'Manch