calendar 07 Mar 20:09
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Go‘zal yoxud “makiyaj”siz tanish qiyin bo‘lgan yulduzlar (foto)

image

Pardoz shunday narsaki, u insonni bir qiyofadan boshqasiga “180 gradus”ga o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shou - biznes olami vakillari esa omma oldida hamisha go‘zal, benuqson bo‘lib ko‘rinishga harakat qilishadi. Ammo shunday yulduzlar borki, ular o‘zlarining asl husnini ijtimoiy tarmoqlarga joylashdan qo‘rqmaydi.

Omma oldiga pardozsiz ko‘rinish bergan mashhur yulduzlarning “makiyajsiz” ko‘rinishini “Telehealthdave” nashri taqdim etdi. Xo‘sh, siz ularni tanirmikansiz?

1.  Beyonse

90-yillarda mashhur “Destiny’s Child” triosi a’zosi bo‘lgan Beyonse guruh tarqalib ketganidan so‘ng ham ijoddan to‘xtamadi. U yakkaxon tarzda faoliyat yurita boshladi. Bundan tashqari, xonanda “Pushti pantera”, “O‘ylangan”, “Orzular qizi” kabi filmlarda ham suratga tushdi.
Beyonse reper Shon Karter Jey Zi bilan turmush qurgan va hozirda ularning uch nafar farzandi bor.

2. Shakira

Muxlislarining fikricha, Shakira pardoz-andozsiz ham go‘zal ko‘rinadi.  Shakira “Grammy”, “Lotin Music Awards” va MTV, “Billboard” va boshqa ko‘plab mukofotlar sohibasi. U butun dunyo bo‘ylab 75 milliondan ortiq albomidan yaxshigina daromad ko‘rgan va bu rekord sifatida qayd etilgan.

3. Ledi Gaga



Ledi Gaga shou-biznesdagi g‘ayrioddiy inson va urishqoq qo‘shiqchi sifatida tez-tez e’tibor markaziga tushadi. U sahna yuzini ko‘rgandan beri butun dunyo bo‘ylab musiqa ixlosmandlarining muhabbatiga sazovor bo‘ldi. Uning muvaffaqiyatli albomlari orasidan “Thye Fame”, “Joanne”, “Chromatica va Born This Way” kabilar o‘rin olgan. Ledi Gaganing butun dunyo bo‘ylab 124 milliondan ortiq albomlari sotiladi. Uning hozirgi boyligi taxminan 275 million dollarga baholanmoqda.
Qo‘shiqchining ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan makiyajsiz selfisi, ko‘pchilikni hayratga soldi. Chunki uning pardozsiz ko‘rinishida tanish qiyinov.

4. Jennifer Lopez

Lopez o‘z karerasini "Living Color" shousida aktyorlikdan boshlagan. Yulduzning bir qator mashhur filmlari bo‘lib, "Anaconda” va “Hustlers” shular jumlasidandir. Jennifer taxminan 400 million dollarlik boylikka ega bo‘lgan mohir ishbilarmon ayol hisoblanadi.

Lopez doimo kamera qarshisida go‘zal ko‘rinishga harakat qilgan va shunday ham bo‘lgan. Shu bilan birga u omma oldiga pardozsiz chiqishdan ham qochmagan.

5. Selin Dion

“Titanik” filmiga olingan saundtreki bilan mashhur bo‘lgan Selin Dion muxlislari qarshisiga hamisha pardoz bilan chiqishni odat qilgan. Asrning eng buyuk qo‘shiqchilaridan biri bo‘lsa-da, u yanada go‘zal ko‘rinishi uchun yuzni parvarish qilish vositalaridan foydalanadi.

6. Anjelina Joli

Anjelina Joli kino sanoatida nafaqat o‘zining iste’dodi, balki go‘zal ko‘rinishi bilan ham qalblarni zabt etgan. O‘z iste’dodi tufayli u bir nechta mukofot va nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi, jumladan, “Oltin globus”, “Oskar" mukofotining sovrindori bo‘ldi.

7. Janet Jekson

52 yoshli qo‘shiqchi Janet Jekson pop qiroli Maykl Jeksonning singlisi sifatida shuhrat qozondi. Uning mashhur albomlar ansambli "All For You", "Rythm Nation 1814", "The Velvet Rope" va "Janet" va boshqalardan iborat. U o‘z karerasi davomida umrining oxirigacha yetadigan mol-mulk jamg‘ardi. Janet begonalarning oldida pardoz-andozsiz ko‘rinish berishni xushlamaydi. Uni ko‘z qalamlari va lab bo‘yog‘isiz ko‘rganda tanish qiyin. Biroq Janet 52 yosh bo‘lishiga qaramasdan hali ham uni navqiron ko‘rinishda bo‘lib, maftunkorlik uni tark etmagan. 2017 yilda Janet Jekson farzandli bo‘ldi, ammo eri Vissam al-Mana bilan turmushi uzoqqa cho‘zilmadi.

8. Kayli Jenner


 

Internetda Kayli Jennerning hech qanday pardozsiz selfisi tarqaldi. Muxlislari bu suratga ijobiy izohlar qoldirishgan. Ularning fikricha, Kayli “makiyajsiz” ham benuqson husn egasi. Jennerning aytishicha, bunday ko‘rinishga erishish uchun muntazam ravishda teri parvarishi zarur. Hozirgi kunda u o‘zining "Kayli" deb nomlangan kosmetik biznesi bilan shug‘ullanmoqda va shuning ortidan "Forbes"da dunyodagi eng yosh milliarder sifatida ro‘yxatga olingan.

9. Kim Kardashyan

Kim Kardashyan hamisha ommaga ideal pardoz bilan ko‘rinish bergan. Shunday bo‘lsa-da uning pardozsiz olingan rasmlari ham yo‘q emas. Kuzatuvchilar va ekspertlarning fikricha, yulduz yuzidagi nuqsonlarini yo‘qotish uchun bir necha bor plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Realiti-shou yulduzi esa hech qachon buni tan olmaydi.

10. Kardi Bi

Shou-biznesda o‘zining noan’anaviy yo‘nalishiga ega Kardining biz hozirgacha ko‘rgan barcha suratlari va videolari pardoz-andozlar mahsuli edi. Yaqinda u Instagram’dagi sahifasida o‘zining “makiyaj”siz videosini joylashtirdi. Bo‘yoqlarsiz u butunlay boshqacha qiyofada ko‘rinadi. Kardining aytishicha, u sun’iy kosmetika mahsulotlaridan foydalanmaslikni afzal ko‘radi.

Rayhona Ulkanbayeva tayyorladi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:55
 
36
0
xs.uz

Barhayot satrlar

Yangi yil munojotiVaqtning chopqirligiga hayratim tugamasdir,Yilning oʻtishi goʻyo chaqnagan chaqmoq misol.Yil nadir, umr oʻzi aslida bir nafasdir,Eshikdan kirib shu on darchadan chiqmoq misol.Besh yuz yil yashar emish togʻ ahli bir qabila,Sabrni maslak bilib, qanoatni toat deb.Uy tiklamas emishlar birgina sabab ila,Shu ozgina umrga ranj chekmoq na hojat deb.Bu-ku bir afsonadir, aslida ahli olamOdamdek yashash istar shu besh kunlik dunyoda.Jahondan umid uzmas umri oʻtib borsa ham,Yoshi ulg

31 Jan 15:22
 
32
0
xs.uz

Ijodga oshno qalb

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand Davlat universitetida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻzining 70 yoshini qarshilagan, Oʻzbekiston va Belarus Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ismat Koʻchiyevning hayoti va adabiyotga bogʻlangan ijod yoʻli haqida gap bordi.Oʻzbekiston Respublikasi va bir qator xalqaro tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan Ismat Koʻchiyev, shuningdek, taniqli publitsist, yozuvchi va shoir, jamoat arbobidir.Dastlab tadbirda ishtirok et

27 Jan 00:55
 
43
0
xs.uz

“Tabassuming yodimda hamon...”

20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak

27 Jan 00:55
 
59
0
xs.uz

Taniqli aktrisa Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi

Shafoat Rahmatullayeva 1941-yil 4-yanvar kuni Fargʻona viloyatida tugʻilgan.'U koʻp yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan.Rahmatullayeva oʻzining yorqin va mazmunli rollari orqali tomoshabinlar qalbidan oʻrin olgan. Unga 1992-yilda 'Oʻzbekiston xalq artisti' unvoni berilgan.'Shafoat Rahmatullayeva teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbi