calendar 07 Mar 20:09
eye 46
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Teylor Svift paradda halok bo‘lgan qiz uchun 100 ming dollar ajratdi

image

Amerikaning Kanzas-Siti shahridagi paradda otishma sodir bo‘ldi. Amerika pop yulduzi Teylor Svift esa unda qurbon bo‘lgan odamning oilasiga 100 ming dollar xayriya qildi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi. 

Gap shundaki, shaharda Super Bowl sovrindori Kanzas City Chiefs futbol jamoasiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tgan. Ammo paradda otishma boshlangan. Oqibatda 21 kishi yaralangan, ularning yarmidan ko‘pi 16 yoshdan kichik bolalar bo‘lgan.  Shuningdek, qatnashchilarning katta qismi hayoti uchun xavfli jarohatlar olgan. 

Xonanda Teylor Svift ommaviy otishmada halok bo‘lgan Liza Lopes-Galvanning oilasiga 100 ming dollar xayriya qildi. Shuningdek, futbol jamoasi o‘yinchisi Trevis Kelcye ham xalok bo‘lganlar uchun ikki marta 50 ming dollar ajratdi. 

Kanzas shahar politsiyasi boshlig‘i Steysi Greyvs otishmaning terrorizm yoki mahalliy zo‘ravonlik ekstremizmi bilan aloqasi yo‘qligini bildirgan. Uning aytishicha, ushbu ish yuzasidan uch kishi hibsga olingan.

Ma’lumot uchun, Svift yillar davomida ko‘p marta xayriya qilgan. Shu jumladan, 2020 yilda ona shahri Nashvilldagi tornado oqibatlarini bartaraf etish uchun 1 million dollar ajratgan. Boshqa safar esa u ekskursiyada ishlaydigan yuk mashinasi haydovchilari jamoasiga 5 million dollar atrofida bonuslar bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Teylor Svift ilk bor milliarderlar ro‘yxatidan joy olgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
216
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
741
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
606
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
53
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra