calendar 07 Mar 20:09
eye 103
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Alovuddin” va “Qirol sher” kabi multfilmlarning animatori vafot etdi

image

“Alovuddin”, “Qirol sher”, “Mulan”, “Super oila” va “Koralina” kabi film qahramonlari uchun loydan maketlar yasagan animatsion haykaltarosh Kent Melton 68 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “The Hollywood reporter” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Melton 22 fevral kuni Amerikaning Missuri shtatida joylashgan uyida vafot etgan. 

Ma’lumot uchun, Melton Missuri shtatining Springfild shahrida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. Dastlab u shtatdagi “Silver Dollar City” ko‘ngilochar bog‘ida yog‘och o‘ymakorligi va shisha kesish bilan shug‘ullangan. Ammo keyinchalik haykaltarosh bu ishini tashlab, Los-Anjelesga yo‘l olgan va u yerda Xanna-Barbera kompaniyasining birinchi haykaltaroshi sifatida ish boshlagan. Shundan so‘ng, uning animatsiyadagi karerasi boshlangan. 

Melton 1990 yillardagi Disney animatsion uyg‘onishining asosiy haykaltarosh animatorlaridan edi. Uning kompaniyadagi birinchi ishi 1992 yilda dunyo yuzini ko‘rgan “Alovuddin” multfilmi edi. Keyinchalik u “Dyumchaxon” (1994), “Qirol sher” (1994), “Pokaxontas” (1995), “Notr-Damning kambag‘al qismi” (1996), “Gerkules” (1997) kabi boshqa animatsion filmlar ustida ishlagan. Shuningdek, “Mulan” (1998), “Misr shahzodasi” (1998), “Tarzan” (1999), “Eldoradoga yo‘l” (2000), “Atlantis: Yo‘qolgan imperiya” (2001), “Mustang” (2002) va Pixar'ning “Super oila” (2004) animatsiyalarida ham qahramonlarning jonlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Xususan, u “Alovuddin” badiiy animatsion filmida Mo‘’jizalar g‘orining gapiruvchi va harakatlanuvchi yo‘lbars boshi ustida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq taniqli xonandalarning kliplarini suratga olgan rejissyor va operator Jasur Shametov vafot etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
216
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
741
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
606
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
53
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra